Negredo: "Valensiya" vazifasini uddaladi va CHLda uzoqroqqa bormoqchi"
26 avg 2015 10:45
Yangiliklar


Negredo: "Valensiya" vazifasini uddaladi va CHLda uzoqroqqa bormoqchi"
"Valensiya" hujumchisi Alvaro Negredo CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqani borasida fikr bildirdi.
"Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish edi va biz uni uddaladik. Gol urish juda muhim edi va buni ilk daqiqalarda amalga oshirdik. Ikkinchi bo'limda "Monako" oldinga chiqib oldi, qiyin bo'ldi.
Turnirda iloji boricha uzoqroqqa bormoqchimiz. Golimni og'ir vaqtlarda men bilan birga bo'lgan yaqinlarimga bag'ishlayman" - deydi Negredo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar