So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  23 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

Olimpiada sari harakat. Birinchi urinish. Atlanta-1996 Yangiliklar

Olimpiada sari harakat. Birinchi urinish. Atlanta-1996

Ikkita katta musobaqada qatnashish biz uchun armon bo'lib qolmoqda.

Biri jahon chempionati bo'lsa, ikkinchisi Olimpiya o'yinlari. Olimpiadada sportning boshqa turlariga juda katta etibor berilishi natijasida ko'pincha futbol orqa planda qolib ketadi. SHunga qaramay muxlislarimiz doim olimpiya terma jamoamizdan Olimpiadaga chiqishni kutib kelishadi. Lekin bu hozircha amalga oshgani yo'q.

21 iyul kuni Tokioda sportning futbol turi bo'yicha navbatdagi Olimpiadaga start beriladi. Bunda 16ta jamoa to'rttadan 4 guruhga bo'lingan holda kurashga kirishadi. 

SHu o'rinda davlatimiz mustaqillikka erishganidan buyon O'zbekiston olimpiya terma jamoasi necha marta Olimpiadaga chiqishga harakat qilgani haqida alohida to'xtalib o'tishni lozim topdik. O'ylaymizki, bu ham saytimiz o'quvchilari uchun qiziq malumot bo'ladi. 

1996 yil Osiyodan kimlar qatnashgan va chempion kim bo'lgan?

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi birinchi marta 1996 yilgi Olimpiya o'yinlariga chiqishga harakat qilgan. 1996 yil AQSHda o'tkazilgan Olimpiada musobaqasida Osiyo uchun 3ta yo'llanma berilgan. Yana bir malumot, 1992 yildan beri Olimpiya o'yinlarida U-23 terma jamoalari ishtirok etib keladi va har bir jamoa 23 yoshdan katta bo'lgan uch nafar futbolchini tarkibga qo'shish imkoniga ega. 

1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida Osiyodan Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni ishtirok etgan. Saudiya Arabistoni "B" guruhida  Franciya, Ispaniya va Avstraliyaga qarshi bahs olib borib, uchala o'yinda ham mag'lub bo'lgan. 

"C" guruhida qatnashgan Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi esa Ganani 1:0 hisobida mag'lub etib, Meksika bilan 0:0 o'ynagan va Italiyaga 1:2 hisobida engilgan holda guruhda uchinchi o'rinni olib keyingi bosqichga o'ta olmagan. SHuningdek, Yaponiya olimpiya terma jamoasi ham guruhdan chiqa olmagan. Garchi yaponlar Braziliyani 1:0, Vengriyani 3:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa-da, Nigeriyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, 6 ochko bilan guruhda qolib ketgan. 

1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida Nigeriya chempionlikni qo'lga kiritgan. Hal qiluvchi finalda Nigeriya Argentinani 3:2 hisobida mag'lub etgan. Bu o'yinda afrikaliklar tarkibida Selestin Babayaro, Daniel Amokachi, Emmanuel Amunike gol muallifi bo'lishgan. Argentina safida ikkita golni Klaudio Lopes bilan Ernan Krespo kiritgan.

Bronza medallar uchun kechgan bahsda esa Braziliya Portugaliyani 5:0 hisobida mag'lub etgan. Uchrashuvda Ronaldo hisobni ochgan bo'lsa, Flavio Konseysao ham o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan. Qolgan uchta gol 46, 53, 74-daqiqalarda Bebeto nomiga yozilgan. 



Olimpiada sari birinchi urinish

Endi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari ilk urinishini yodga olamiz. OFK tomonidan o'tkazilgan Olimpiada-1996 yil saralash o'yinlari 1995 yilning 20 may kuni start olib, 1996 yil 27 martga qadar davom etgan. Saralash bosqichida jami 25 terma jamoa qatnashgan va yakunda 3 jamoa Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan. 

Musobaqa formati

Saralash uch xil bosqichda olib borilgan. Birinchi bosqichda 25 terma jamoa 8ta guruhga bo'linib, o'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkazilgan. Bitta guruhda to'rt jamoa va qolgan 7ta guruhda uchtadan jamoa bo'lgan. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan faqat g'olib jamoa keyingi bosqichga yo'l olgan. 

Ikkinchi bosqichda 8 jamoa 4tadan ikki guruhga bo'lingan. Har bir guruhdan birinchi-ikkinchi o'rin egalari hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olgan. Uchinchi bosqichda 4ta jamoa ikkita juftlikka ajratilgan. Birinchi juftlik g'olib ikkinchi juftlik g'olibi bilan final o'yinida maydonga tushgan. Mag'lub bo'lganlar esa o'zaro bahs olib borib, yutgan jamoa Osiyoning uchinchi jamoasi sifatida Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqqan. 

O'zbekiston birinchi bosqichdayoq o'z ishtirokini yakunlagan

Ha, afsuski shunday bo'lgan. O'zbekiston U-23 terma jamoasi birinchi bosqichning o'zidayoq kurashdan chetga chiqqan. Vakillarimiz guruhda ikkinchi o'rinni egallashgan. Qozog'iston olimpiya terma jamoasi guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan. 

O'shanda biz 5-guruhda bahs olib borganmiz. Quyida natijalarni keltirib o'tamiz. 

20.05.1995. 1-tur

Qirg'iziston - O'zbekiston 1:5

Gollar: Djumakeev, 87-pen. - Dilmurod Nazarov, 21, 58. Nematillo Qutiboev, 67, 80. Sergey Ni, 41-pen.


10.06.1995. 2-tur

O'zbekiston - Tojikiston 2:0

Gollar: Nematillo Qutiboev, 60. Muxtor Qurbonov, 85.


24.06.1995. 3-tur

O'zbekiston - Qozog'iston 1:2

Gollar: Dilmurod Nazarov, 70. - Oleg Litvinenko, 10, 81.


12.08.1995. 4-tur

O'zbekiston - Qirg'iziston 2:1

Gollar: Ilhom SHaripov, 29. Dilmurod Nazarov, 85.


02.09.1995. 5-tur

Tojikiston - O'zbekiston 1:1

Gol: Dilmurod Nazarov, 10.


07.10.1995. 6-tur

Qozog'iston - O'zbekiston 3:1

Gollar: Oleg Litvinenko, 8, 70. Igor Groxovskiy, 59. - Zafar Musaboev, 84.

 

Ko'rib turganingizdek, guruhda 6ta uchrashuv o'tkazgan vakillarimiz shundan 3tasida g'alaba qozonib, 1 marta durang o'ynab va ikki bor mag'lub bo'lgan holda Qozog'istondan keyin ikkinchi o'rinni egallagan. Qozog'iston 16, biz esa 10 ochko to'plaganmiz. 


Guruh g'oliblari

Demak, 1995 yil o'tkazilgan saralashning ilk bosqichida 8ta guruhdan quyidagi jamoalar keyingi bosqichga yo'l olgan:

Xitoy

Yaponiya

Janubiy Koreya

Ummon

Qozog'iston

Saudiya Arabistoni

BAA

Iroq

Yuqoridagi 8 jamoa ikkinchi bosqichda 4tadan ikki guruhga bo'lingan. "A" guruhidan Yaponiya va Iroq, "B" guruhidan Janubiy Koreya bilan Saudiya Arabistoni uchinchi bosqichga yo'l olgan.

Uchinchi bosqichda Yaponiya Saudiya Arabistonini 2:1, Janubiy Koreya ham Iroqni 2:1 hisobida mag'lub etgan. Final uchrashuvida Janubiy Koreyani Yaponiya 2:1, uchinchi o'rin uchun bahsda esa Saudiya Arabistoni Iroqni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. 

SHunday qilib Osiyodan Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni 1996 yilgi Olimpiada musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Iroq esa qolib ketgan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика