So’nggi yangiliklar

10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  0 10:15Бразилия термаси устози ваъда верди  3 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  1 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  0 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  3 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  2 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  16 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  5 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1

Nega meni tashlab ketdingiz, nega? Yangiliklar

Nega meni tashlab ketdingiz, nega?

Ertaga klublar o'rtasida jahon chempionati yarim finalida o'ynaydigan, Litva ikkinchi ligasida irqchilikdan azob chekkan, Polshada homilador ayoli bilan maoshsiz o'tirgan va otasiz o'sgan "Tottenxem" sobiq yarim himoyachisi Paulino haqida.


Ular San-Paulo shimolidagi Novo Mundo favelasida yashagan. Uy oynasi ko'cha tomonga emas, qo'shni tarafga qaragan edi. Paulino 2 yosh, akasi Erik 12 yoshligida ularning otasi Joze Paulo oilasini tark etadi. Paulinoning otasi haydovchi bo'lib ishlagan. Bir kuni Pernambuko shtatidagi Peskeyra baliqchilik qishlog'iga yo'l olib, o'sha erda qolib ketgan. Peskeyrada yangi hayotni boshlagan, bir-ikki marotaba sobiq xotini va o'g'illarini ko'rgani kelgan, ammo 2002 yildan so'ng umuman ko'rinmay ketgan edi.

Paulinoning onasi yangi eri bilan ishda tanishib qoladi. Ona - moliyaviy yordamchi, o'gay ota esa davlat ishchisi edi. Erikaning ikkinchi eri bolalarni boqib oladi va katta o'g'il Erikni futbol to'garagiga olib boradi, Paulino esa doimo uni birga olib ketishlarini so'rar edi. Bir kuni akasi bilan futbolga qatnaydigan etti yoshli bolakayga murabbiylardan biri qiziqib qoladi va uni futzal jamoasiga oladi.

Paulino mashg'ulotlarda ishtirok etish uchun har kuni San-Pauloning shimolidan janubiga borib kelardi. Bir o'zi emas, bazida onasi, bazida o'gay otasi bilan. Paulinoning uyidagilar bolakaydagi iqtidorga etibor bermaydi. Agar uni ko'chaga qo'yib yuborishmasa, Paulino uydagi buyumlarni derazadan uloqtirardi, kichik uyda esa buyumlar ko'p bo'lmagan va ona ikki uy orasidagi buyumlarni olishga juda qiynalar edi. Paulino esa har safar kaltaklanardi. SHundan so'ng bolakayni harhashalarini chidab o'tirishni istamagan ona uni har kuni shaharning narigi burchagiga olib borardi.


22 yoshida "Korintians" futbolkasida Braziliyada mashhur bo'lgan futbolchi, bolaligidan bu klubga muxlislik qilishni boshlagan. Uning xolasi Elia "Korintians"ning ashaddiy muxlisasi bo'lgan va 1990 yilda Paulinoning akasi Erikni "Itakera" stadioniga olib boradi. Aka ham tezda klub muxlisiga aylanadi va ukasini ham "kasal" qiladi. Paulino onasi va akasi bilan yashaydigan uyning egasi temirchi bo'lgan va bir kuni "Korintians" byurtmasiga ko'ra, klubning katta gerbini yasaydi, ammo bir nima bo'lib bu gerb o'z egasiga jo'natilmaydi va katta temir-tersak Paulino uyi oldida uzoq vaqt qolib ketadi.


Paulino akasining futbolchilik faoliyati o'xshamaydi. Na ona, na o'gay ota va na Erik Paulinoni mashg'ulotlarga olib borishga ulgurmas edi. Erik bir necha yildan so'ng policiyaga ishga kiradi va o'zi tug'ilgan tuman Vila Mariya xavfsizlik xizmati rahbariga aylanadi.


Paulino 12 yoshigacha futzal bilan shug'ullanadi va keyinroq uning onasi atrofida murabbiylar ko'payib qoladi. Ular bolakayda iqtidor borligini, Paulinoni katta futbolda sinash kerakligini aytigadi. Erika bu faveladan bosh olib ketish uchun so'nggi imkoniyat ekanligini tushunadi va Paulinoni katta futbol bilan shug'ullanishga majbur qiladi va "Portugeza"ning taklifini qabul qiladi.


"Portugeza", keyin "Audash". "Aduash" murabbiy Serjio Roberto Paulinodan yangi Kafu chiqishiga vada beradi, u esa markazdan o'ynashni istar edi. "Agar o'ng qanot himoyachisi bo'lsang terma jamoaga kira olsan!". Paulino esa past ovozda: "Murabbiy, men markazda o'ynashni xohlayman". Futbolchi ustun keldi.

"Audash" egasi, biznesmen Tiago Skuro Litva va Polshada biznes-hamkorlarga ega edi va Paulino 18 yoshga to'lganida, Skuro "Vilnyus"ga o'tishni taklif qiladi. Paulino onasi, akasi, dugonasi bilan maslahatlashdi va xatto otasiga qo'ng'iroq qiladi. Braziliyalik taklifni qabul qildi. O'sha paytlarda "Vilnyus" safida bir necha nafar braziliyaliklar bor edi.


Litvada zerikarli bo'lmadi. Paulino qishga bir amallab ko'nikdi, ammo klub futbolchilarni maydondagi qorni tozalashga majbur qilar edi. Futbolchi muxlislardan ham jabr ko'rdi. Mehmondagi uchrashuvlarning birida ishqibozlar Paulinoga tanga otib, maymun ovoziga o'xshash tovushlar bilan futbolchini haqorat qiladi. Bir kuni Paulino va "Vilnyus"dagi boshqa braziliyalikni do'konda irqchilik ruhida haqorat qilishadi. Yana bir braziliyalik Richard Gomes esa klub prezidenti qizi bilan sevishib qolgan edi, prezident esa bunga qarshi bo'lgan. Paulino klubdan ketish vaqti kelganini sezadi - bundan tashqari bir necha yildan so'ng klub professional futbol radarlarida ko'rinmay qoladi.


Paulino Lodzining LKS klubiga o'tadi. Tanga otishmadi, do'konda ko'lishmadi, ammo futbolchining ayoli Barbara homilador bo'lganida Paulinoning maoshini juda kech berishar edi. Paulino undan ko'ra "Audash"da besh barvar kam maosh olishga qaror qiladi.

Paulino Braziliyaga qaytganida "Audash" San-Paulo" shtatining to'rtinchi divizionida ishtirok etardi, ammo maosh kechikmas edi. Futbolchi klub o'zini tiklab olishi uchun yaxshigina yordam beradi va u B Seriyada qatnashadigan "Bragantino" egasiga yoqib qoladi. Boshlandi! SHtat chempionatida "Korintians"ga qarshi bahsda maydonga tushgan Paulino raqib darvozasiga gol uradi va orzusidagi klubidan taklif oladi. Ertakdagidek! "Korintians" markazida mashhur Elias va Jusiley o'ynar edi, ammo keyinroq ular "Atletiko" va "Anji"ga yo'l olishdi.


Paulino Ralf bilan birga Braziliya chempionatining eng yaxshi yarim himoyachilariga aylanib, chempionat va Libertadores Kubogida g'olib bo'ladi va terma jamoaga chaqirishadi. Kuzda u Pernambuku shtati hisoblangan Resifega, "Nautiko" klubiga qarshi o'ynagani boradi. O'sha joydan 215 km uzoqlikda uning haqiqiy otasi yashar edi. Ular 20 yil ko'rishishmagan va xatto 2 yildan beri qo'ng'iroqlashmay qo'ygan edi. Otaning raqami o'zgargan, u esa bu haqda aytmagan edi. "Korintians" 1:2 hisobida mag'lub bo'ladi. "Nautiko" administratori futbolchiga uning otasi stadionda, panjara ortida turganini aytadi.


Paulino o'sha tomon qadam tashlaydi va bir necha soniyadan so'ng yugurib ketadi. Hamma bundan xabardor ekan, ammo futbolchining o'zi yo'q. Jurnalistlar tezda ularni o'rab oladi. Paulino otasini qo'llaridan ushlab, panjara ortidan uni o'padi va yig'lab yuboradi. 20 yil ko'rishishmagan.


- Iltimos, tarqalinglar, bu meni otam - deydi Paulino. - Men sizga futbolkamni beraman, ammo hozir emas - doping testdan o'tishim lozim. Raqamingizni ayting. Qo'ng'iroq qilaman, ha, qo'ng'iroq qilaman. Sizni yaxshi ko'raman.


Ota nima qilishini bilmas edi. Paulino yugurib ketdi, Joze Paulo esa joyida qotib qoldi. Unga suv olib kelishdi:

"O'g'lim bilan faxrlanaman va unga azob berish niyatim yo'q. Uni televizorda ko'rganimda xursandligimdan yig'lab yubordim vanihoyat uning o'yinini o'z ko'zlarim bilan ko'rdim. U futbol bilan band, men esa ularni onasi bilan tashlab ketgandim".


Jurnalistlar doping testga ketayotgan Paulinoni so'roqqa tutishdi:

"Men uzoq vaqt otamni ko'rmadim, ammo unga va uning ayoliga baxt tilayman. Hozir ayolim va to'rt yoshli qizim bor va hozir ular haqida o'ylayapman".

Joze Paulo Peskeyraga qaytib ketdi, Paulino esa bir yil o'tar-o'tmas Londonga yo'l oldi. Ertaga u "Barselona"ga qarshi klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida o'ynaydi, otasi esa sigaretasini chekib bo'lgach, televizor qarshisiga o'tiradi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика