"Neftchi"ning "Nasaf"ga qarshi muvaffaqiyatsiz seriyasi yana cho'zildi

2 mar 2018, 17:19
"Neftchi" 12 uchrashuvdan buyon Qarshining "Nasaf" jamoasini taslim etishni uddasidan chiqolmayapti.

Farg'onaliklar o'z maydonlaridagi ketma-ket 9 o'yinda "Nasaf"ni mag'lub eta olishmadi. "Nasaf"ni Ro'ziqul Berdiev o'z boshqaruviga olgandan buyon "ajdarlar" "Neftchi"ga hali yutqazishmagan. Kechagi Superliganing 1-turidan o'rin olgan bahsda ham durang qayd etildi.

Shu tariqa "Neftchi"ning o'z uyidagi "Nasaf"ga qarshi g'alabasiz seriyasi 9 o'yinga cho'zilgan bo'lsa, umumiy hisobda farg'onaliklar 12 uchrashuvdan buyon "Nasaf"ni taslim eta olishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia