"Neftchi"ga ko'p yillardan beri xizmat qilib kelgan baza sotuvga qo'yildi
20 dek 2018 16:45
Yangiliklar
"Neftchi"ga ko'p yillardan beri xizmat qilib kelgan baza sotuvga qo'yildi
Bir necha o'n yildan beri "Neftchi" jamoasining bazasi sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan Qirgulidagi sport obekti "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ tomonidan sotuvga qo'yildi.
Qirgulidagi baza ko'p yillardan beri "Neftchi"ga ijara asosida berib kelingan va jamoa kuchlilar qatorini tark etganidan keyin joy aukcionga qo'yildi. Obekt 41 mlrd so'mga baholangan bo'lib. Harid aukcion orqali amalga oshiriladi. Bazaning yangi egasi undan yana futbol inshooti sifatida foydalanadimi yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.
Aukcionga ariza qabul qilish so'nggi kuni 25 dekabr. Aukcionni o'zi esa 27 dekabr kuni 9:00-18:00 oralig'ida o'tkazilinadi.
Fikrlar