So’nggi yangiliklar

17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  2 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4

“Neftchi”da yangilanish jarayoni Yangiliklar

“Neftchi”da yangilanish jarayoni

2014 yil “Neftchi” jamoasi uchun yoqimli yangilik bilan boshlandi.
O'zi shu jamoada o'ynab, respublika futbol jamoatchiligiga tanilgan, keyingi yillarda mamlakatning etakchi jamoasi “Paxtakor” safida faoliyatini kichik vazifadan boshlab, uni bosh murabbiy sifatida chempionlik darajasiga ko'targan Murodjon Ismoilov qadrdon jamoasiga qaytib keldi. “Neftchi” da nafaqat ustoz va murabbiylar, balki o'yinchilar tarkibi ham respublikamizning iqtidorli futbolchilari hisobiga boyitilmoqda.

Jamoada yangilanish jarayoni bundan 7 oy ilgari boshlangan edi. Klub rahbarligiga Komiljon Mirzaboev va Amet Abdullaevich Memet kelgach “Neftchi” o'yinida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. 2013 yil sentyabr oyida jamoa respublika birinchiligida uchta uchrashuv o'tkazib, uchchovini g'alaba bilan yakunladi. Qizig'i shundaki, bu uchrashuvlarda farg'onaliklar o'z darvozalaridan bitta ham to'p o'tkazmadilar. Biroq oktyabr oyiga o'tib jamoa o'yinlarida yana pasayish yuz berdi. Safardagina emas, Farg'onadagi uchrashuvlarda ham mag'lubiyat alamini tatib ko'rishga to'g'ri keldi. SHu tariqa Farg'onaning oliy ligadagi dovruqli jamoasi chempionatni 9-o'rinda yakunladi. Muxlislar jamoadagi krizis holatini o'nglash uchun endi qanday chora-tadbirlar ko'rilar ekan, degan savol bilan futbol federaciyasiga murojaat qila boshladilar. Buning ustiga ko'pgina futbolchilar turli sabablarga ko'ra “Neftchi”ni tark etishdi. Yangi yil bayrami kunlarida jamoaning Qirgulidagi sport bazasida bo'lib, klub rahbarlari, futbolchilari va mashqlarni tomosha qilayotgan muxlislar bilan suhbatlashdik.

Murodjon Ismoilov-“Neftchi” bosh murabbiyi:

  –Men Farg'onaga katta maqsadlar bilan qaytdim. O'tgan yil o'rtalaridayoq meni “Neftchi” ga taklif etishgan edi. Lekin boshlagan ishimni chala qoldirib ketishga odatlanmaganim uchun bu taklifni qabul qila olmadim. “Paxtakor” bilan tuzilgan shartnomaga amal qilib jamoaning chempionatni munosib yakunlashini taminlashga harakat qildim. Futbol akademiyasida ish boshlab “Paxtakor”ning bosh murabbiyi darajasiga ko'tarilganligim va 2012 yil mavsumida jamoa mamlakat chempioni degan nomga sazovor bo'lganligi menga katta faxr va yuksak masuliyat baxsh etgan edi. 2014 yil 3 yanvar kuni “Neftchi” bosh murabbiyi sifatida ish boshladim. Dastlab jamoada ko'pdan beri to'p surib kelayotgan va yangi kelgan futbolchilar bilan tanishib, suhbatlashdim. Oldimizda juda muhim, og'ir va masuliyatli vazifalar turganligi, Farg'onaning oliy ligadagi vakili azaliy ananalarini davom ettirib, bu yilgi mavsumda eng kami kuchli uchlik orasida bo'lishi shartligini tushuntirdim. So'ngra mashg'ulotlarga kirishdik. Murabbiylar shtabi azolari qaysi yo'nalishda qanday ish olib borishi kerakligi haqida bafurja maslahatlashib oldik. Hozircha  mashg'ulotlar Qirgulidagi futbol maydonlarida o'tkazilmoqda. Rejaga muvofiq oy oxirlarida mashqlarni Toshkentda va xorij maydonlarida davom ettiramiz.

  Komiljon Mirzaboev- “Neftchi” professional futbol klubining rahbari, viloyat futbol federaciyasining birinchi vice prezidenti:

  –O'tgan yil o'rtalarida “Neftchi” klubiga rahbar etib tayinlanganimdan keyin mening hayotimda yangi davr boshlandi. Avvalo jamoadagi ahvolni o'nglash, xavfli zonadan chiqishimiz va albatta tarkibni yangilashimiz kerak edi. Klub rahbariyati ayrim futbolchilardagi ikkilanish va masuliyatsizlikka  barham berishga qaror qilgan bo'lsa ham yilni yakunlamay, futbolchilar va murabbiylar bilan tuzilgan shartnomalar nihoyasiga etmaguncha keskin o'zgarishlar qilishdan o'zlarini  tiyib turishga majbur edilar. Yaqinda futbol gazetalaridan birining muxbiri mendan  intervyu olish chog'ida “Jamoani Mansur Saidov, SHukur Po'latov, Sardor Mirzaev, Iqbol Akramov va SHerzod Hakimov kabi mohir futbolchilar tark etishdi, ularning o'rnini bosa oladigan yigitlarni topish qiyin bo'lmasmikin” degan savol bilan murojaat qildi.

  Bu futbolchilarning jamoani tark etishlarida hech qanday bosim o'tkazilgani yo'q. Ayrimlariga hatto, xohlasangiz shartnoma muddatini uzaytirishimiz va yangi mavsumda jamoa tarkibida to'p surishingizda sharoit yaratishimiz mumkin, degan takliflarni ham aytdik. Jumladan, Sardor Mirzaevga. Lekin ular biz o'z kuchimizni respublikamizning nomdor, etakchi jamoalarida sinab ko'rmoqchimiz, deya javob berishdi. Biz ularga oq yo'l tiladik. Rahbariyat kengashi bilan maslahatlashib, yangi yilda “Neftchi”ning yangi tarkibini shakllantirish davom etmoqda.

  Dastlabki mashg'ulotlarda G'ayrat Hasanov, Xislat CHilmatov, Farrux Turdaliev, Sardor Qobiljonov singari darvozabonlar, Diyorbek Ermatov, Vyacheslav Ponomaryov, Iqbol Boboxonov, Devid Oniya, Doston Tursunov, Zokir Nurmatov, Dostonbek Tursunzoda kabi himoyachilar, Baxtiyor Yoqubov, Sanjar Asqaraliev, Mirzakamol Kamolov, Saydullo Rahmatov, Maruf Murodov, G'ulomqodir G'ulomov, Javohir Rasulov, Izzatbek G'aniev, Alisher Fayzullaev, Pavel Smolyachenko, Sardor Soipovlardan iborat yarim himoyachilar, Nosir Otaqo'ziev, Otabek Haydarov, Umid Qodirov, Otabek Zokirov, Ro'zimboy Ahmedov va Otabek Isroilov kabi hujumchilar ishtirok etmoqdalar.

Etibor bergan bo'lsangiz, jamoa tarkibida anchagina yangi o'yinchilar bor. Ularning bir qismi respublikamizning boshqa jamoalaridan kelgan bo'lsa, ko'pchiligi viloyatimizning  iqtidorli yoshlaridan. Hozirgacha “Buxoro” jamoasidan darvozabon Sardor Qobiljonov, himoyachi Devid Oniya, “Navbahor”dan Ro'zimboy Ahmedov, “So'g'diyona”dan Maruf Murodov va boshqalar bilan shartnoma tuzildi.

O'tgan yilning dekabr oyida viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 1200 nafardan ortiq yosh futbolchilar ishtirokida “Neftchi”da o'ynashni xohlaysizmi?” shiori ostida sinov uchrashuvlari o'tkazilgan edi. Uchrashuvlarning 30 nafardan ortiq ishtirokchilari  jamoamiz nazoratiga olinib, 2 nafari bilan hozirdanoq shartnoma  tuzildi. Biz ularni o'rinbosarlar tarkibida chiniqtirib boramiz. “Neftchi”da yangilanish jarayoni yangi mavsumga tayyorgarlik bilan qizg'in davom ettirilmoqda.

 Devid ONIYA, himoyachi:

– Men keyingi yillarda futbolchi sifatida Samarqand va Buxoro maktablarini ko'rdim. Menga Farg'ona futbol maktabi jozibaliroq  tuyuldi. SHu bois Farg'onaga kelib, oliy liga jamoasi bilan shartnoma tuzib, ishga kirishdim. Mahalliy futbolchilar bilan tezda til topishib ketdik. Maqsadimiz “Neftchi”ni mamlakat chempionatidagi peshqadamlar safiga olib chiqish,  bildirilgan ishonchni har qanday sharoitda ham oqlash.

 Sanjar ASQARALIEV, yarim himoyachi:

– Jamoa rahbariyati o'zgargandan keyin anchagina futbolchilar respublikamizning boshqa klublariga o'tib ketishdi. Ularning o'rnini qoplash uchun jamoaga iqtidorli yoshlar jalb etilmoqda. Menga ham boshqa jamoalardan takliflar tushdi. Qabul qilmadim. CHunki qariyb 10 yildan buyon Farg'onaning suvini ichib, shu jamoa shani uchun kurashib kelmoqdaman. 2014 yilgi mavsumda yangi rahbarlar boshchiligida yaxshi natijalarga erishishimizga ishonchim komil. Buning uchun ahil bo'lishimiz, tinmay mehnat va mashq qilishimiz kerak.

 Abdurahim Olamov, arxitektor, futbol muxlisi:

–“Neftchi”ni eng og'ir damlarda qo'llab-quvvatlab, to'g'ri yo'lga boshlayotganligi, jamoaga har sohada qulay shart-sharoit yaratib berayotganligi uchun ko'p ming sonli muxlislar nomidan viloyat hokimligiga minnatdorchilik bildiraman.

Bu yog'i jamoa  rahbariyati va futbolchilarning o'zlariga bog'liq.  Tarkibga anchagina yangi o'yinchilar qo'shilishdi. Ular eskilari bilan til topib, ahil bo'lib harakat qilishsa, Farg'ona futboli va Farg'ona shanini ko'tarish uchun bir yoqadan bosh chiqarib o'ynashsa, ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Futbolchilar muxlislar ishonchini oqlashga intilishlari va ularni hurmat qilishlari kerak. SHundagina  stadionlarimiz  doim gavjum, uchrashuvlar natijali va fayzli bo'ladi. Yangi yilning birinchi o'rtoqlik uchrashuvi “Neftchi” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasida o'tkazilib, farg'onaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonganidan xursand bo'ldik.

Doniyor ERGASHEV
“Farg'ona haqiqati” gazetasining
2014 yil 15 yanvar 4-sonidan olindi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика