So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

“Neftchi”: Yoshlarimiz yirik g'alabaga erishdi! Yangiliklar

“Neftchi”: Yoshlarimiz yirik g'alabaga erishdi!

24 iyun kuni Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” yoshlar jamoasi “Qizilqum” o'rinbosarlariga qarshi raqobat olib borishdi.

Navoiydagi “Kimyogar” stadionida bo'lib o'tgan bahsda yirik natija bilan Haydarov jamoasi zafar quchdi. SHu kuni stadionga yig'ilgan muxlislar 90 daqiqalik davomida 7 ta gol ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Sariq kartochkalari sababli asosiy jamoa vakillari Murod Bobojonov hamda Muxsin Ubaydullaevlar shu kuni o'rinbosarlarimiz tarkibida harakatlanishdi.

Bevosita bellashuvga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'lim starti “Qizilqum” jamoasining xavfli hujumlari bilan boshlandi. To'pga egalik qilish borasida ham ustunlikka ega bo'lgan navoiyliklar birin-ketin Smorodin darvozasi tomon yurish qilishni boshlashdi va mezbonlarning hujumlari anchayin xavfli ko'rinish oldi. Biroq bazi vaziyatlarda mezbon hujumchilariga aniqlik etishmagan bo'lsa, boshqa holatlarda Sergey Smorodin o'z jamoasini muqarrar gollardan asrab qoldi. Birinchi bo'limda darvozalar daxlsizligi saqlandi.


Ikkinchi bo'limda Bahrom Haydarov “Neftchi” tarkibida bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Islom Toshpo'latov, Ibrohim No'monov, Sarvar Abdullaev hamda Xayotbek Yoqubov singari hujumkor futbolchilarning maydonga tushishi, bahs suratini umuman o'zgartirib yubordi. Dastlab 55-daqiqada Islom Toshpo'latov boshlab bergan hujumni yakunda Xurshid Asqaraliev gol bilan yakunlab qo'ydi. Keyingi golga ham yosh hujumchimiz Xurshid Asqaraliev egalik qildi. Toshpo'latovning uzatmasidan so'ng Xurshid ajoyib vaziyatga chiqib bordi va “Qizilqum” darvozasi tomon ishonch bilan zarba berdi. 0:2. Oradan 6 daqiqa o'tib yana o'sha Islom Toshpo'latov Murod Bobojonovga pas berdi. Bu vaziyatda Bobojonovda yoshlarimizning uchinchi golini kiritish borasida qiyinchilik tug'ilmadi. 0:3. Ketma-ket gollardan ruhlangan “Neftchi” yana oldinga o'tishda davom etdi. 83-daqiqada “Neftchi”da penalti tepish imkoniyati paydo bo'ldi. Biroq 11 metrlik jarima to'pini Xayotbek Yoqubov amalga oshira olmadi. Zarbani raqib darvozaboni qaytardi. Bir daqiqa o'tar-o'tmas mehmonlar to'rtinchi golni ham kiritishdi. Himoyachilarning xatosidan unumli foydalan Ibrohim No'monov o'z hisobiga gol yozibdi qo'ydi. 0:4. “Neftchi” yoshlari bahsning so'nggi daqiqalari o'tib borishiga qaramay, hujumga zo'r berishdi. Ikkinchi bo'limdagi ko'plab gollarga uzatma bergan Islom Toshpo'latov 88-daqiqada jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi va hisobni 0:5 ko'rinishiga olib keldi. Mazkur besh golga mezbonlar 90 daqiqada bir marta penaltidan javob qilishgan bo'lsa, Sarvar Abdullaev qo'shimcha daqiqalarda yana bir gol kiritib masalaga mantiqiy nuqta qo'ydi. 1:6, “Neftchi” yoshlar jamoasi g'alabasi!

Eslatib o'tamiz, Bahrom Haydarov jamoasi keyingi turda uyda o'ynaydi. Yoshlarimiz navbatdagi bahsda Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'rinbosarlari bilan raqobat olib borishadi.


"Qizilqum" - "Neftchi" 1:6

Gollar: Nodirxon Kamolov 90 penalti - Xurshid Asqaraliev 55, 62, Murod Bobojonov 68, Ibrohim No'monov 84,Islom Toshpo'latov 88, Sarvar Abdullaev 90+2

“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 3. Bobur Jo'raqulov, 4. Viktor Grigorev, 6. Mirjalol Qosimov, 13. Bobir Mamirov, 19. Elyorjon Akbarov, 28. Sardor Jahonov, 34. Husniddin Fazlitdinov, 35. Ahliddin Fayziev, 45. Nodirxon Kamolov, 47. Sarvarjon Xolmatov.
Zaxira: 88. Rustam Rajabov, 2. SHoxrux Otaqulov, 16. Sardor Oblaqulov, 29. Abbos Rustamov, 32. Sobir Usmonxo'jaev, 61. Feruz Norov, 71. G'ayrat Jumaev.

“Neftchi”: 30. Sergey Smorodin, 6. Abrorbek Ismoilov, 9. Abduqodir Ortiqov, 10 Xurshidbek Asqaraliev, 18. Azamjon Xolmatov, 24. Husanboy G'aniev, 27. Murodbek Bobojonov, 28. Elamon Karimov, 32. Mirjamol Nematov, 88. Muxsinbek Ubaydullaev, 90. Anvarjon Aminjonov.
Zaxira: 35. Abdumavlon Abdujalilov, 7. Sarvarjon abdullaev, 11. Ibrohim No'monov, 14. Anvarjon Abdulhaqov, 17. Hayotbek Yoqubov, 20. Otabek Mahmadjonov, 22. Islomjon Toshpo'latov.



“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика