So’nggi yangiliklar

10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  0 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  0 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  2 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  3 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  1 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  2 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  2 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  10 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2

"Neftchi": Yangilanish jarayoni davom etmoqda Yangiliklar

"Neftchi": Yangilanish jarayoni davom etmoqda

28 fevral kuni “Neftchi” stadionida futbol muxlislari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda matbuot hizmatiga talluqli savol – javoblar ham o'rin olgandi.
Haqiqatdan ham, bugungi kunda futbolning, jamoaning rivojlanishida matbuot hizmatining o'rni  muhimdir. Hozirga kelib  rahbariyat tomonidan bu yo'nalishda katta ishlar amalga oshirildi. 20 millionga yaqin pul ishlatilib zamon talabiga javob beradigan videokamera, montaj uchun kompyuter va fotoapparat xarid qilindi. Bularning barchasi  jamoamizning chempion jamoalarga xos va mos axborot tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan. Siz aziz futbol ishqivozlariga qulayliklar yaratish uchun o'yin kuni, kechqurun “Ruxsor TV”, “Marg'ilon TV”dan o'yinlar to'laligicha namoish qilinishi va alohida chempionatga bag'ishlangan ko'rsatuv tayyorlash kelishib olindi.

Eng muhimi zamon talabiga javob beradigan yangi  saytimiz sinov uchun bugundan boshlab ishga tushadi. Kun sayin saytimizning rivojlantirib, siz aziz muhlislarimizning minbariga aylantiramiz. Ishontirib aytamizki  matbuot hizmati tomonidan bu yil ko'plab  yangiliklar rejalashtirilgan va hammasi faqat siz ishqibozlarning talab va hohishlaridan kelib chiqib hayotga tadbiq etiladi.

Yaqinda tuzilgan “Fan klub”imiz ham to'laqonliq bilan ishga tushsa, jamoamiz ishlari yurishib ketadi. Siz qadirli muhlislarimiz,  bu murakkab kunlarda jonajon “Neftchi”miz yonida turib, uni qo'llab-quvvatlasangiz, jamoamiz albatda  chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurashadi.  “Neftchi”  faqat g'alabalar sari olg'a!!!


“Neftchi” PFK matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика