So’nggi yangiliklar

07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  3 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0

"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Neftchi" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirish maqsadidi bir qator futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

Alisher Samatov, O'tkir Yusupov, Sardor Eminov, Ilxom Boydedaev, Damir Nazinov, Abdurahmon Abdulhaqov, Xusniddin G'ofurov kabi  qishki yig'in chog'ida tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilar 27 fevral kuni ommaga rasman tanishtirildi. Qirgulidagi “Neftchi” Madaniyat saroyida bo'lib o'tgan marosimda FNQIZdan Jo'ravoy Xodjaqulov, Farg'ona futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze, “Neftchi” PFK raisi Salimjon Zokirov, jamoa bosh murabbiy Andrey Fyodorov, “Neftchi” futbolchilari, OAV vakillari hamda bir qator muxlislar  ishtirok etishdi. Marosimni klub matbuot kotibi Hojiakbar Jabborov  olib bordi.



Unda birinchilardan bo'lib so'zga chiqqan  Jo'ravoy Xodjaqulov hamda Tohir Kapadzelar yangi mavsum oldidan “Neftchi” jamoasiga chin yurakdan omad tilashdi. SHundan so'ng so'zga klub raisi Salimjon Zokirov chiqdi.



- Assalomu alaykum, xurmatli mehmonlar. Xush kelibsizlar! “Neftchi” jamoasi Oliy liga-2016ga jiddiy tarzda tayyorlandi, - deb gap boshladi  Salimjon Zokirov – Mana shu erda o'tirgan murabbiylar shtabi va futbolchilar nomidan sizga malum qilmoqchiman-ki, yangi mavsumda “Neftchi” jamoasi xar bir o'yin bor kuchi bilan harakat qilib, xar qanday o'yinda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi. “Neftchi” muxlislari – bu bizning 12-o'yinchi azomiz hisoblanadi. Yangi mavsumda ularga birinchi galda sog'lik-salomat tilash bilan birgalikda, jamoamizni hamisha qo'llab-quvvatlashlarini chin yurakdan xoxlardim. “Neftchi”ni nafaqat Osiyo balki butun dunyo tanigan tarixiy jamoa. Biz qo'ldan kelgancha, jamoaning shonli tarixida qayd etilgan natijalarni yana takrorlashga harakat qilamiz va bu borada tinimsiz mehnat qilyapmiz, - dedi klub raisi.


SHundan so'ng so'z navbati jamoa ustozi Andrey Fyodorovga berildi.

- Xayrli kun xurmatli muxlislar ! Futbol jamoaviy o'yin. Unda kuchli xamjihatlikka ega bo'lganlargina natijaga erishadi. Muxlislar esa bizning 12-vakilimiz. SHuning uchun muxlislar bilan birgalikda birlashimiz lozim deb o'ylayman, - deb gap boshladi Andrey Vitalevich. – Men  “Neftchi”da futbolchi sifatida shakllandim va bugungi kunga kelib mazkur klubda murabbiy bo'lib ishlash baxtiga ham sazovor bo'lyapman. 2-yildan buyon Farg'onadaman. Faoliyatim davomida ko'plab jamoalar va ularning muxlislarini ko'rdim. Biroq “Neftchi” muxlislaridek jonkuyar ishqibozlarga xech qayerda duch kelmaganman. Biz ularni hamisha qadrlaymiz. Oliy liga-2016 boshlanmoqda. Yangi mavsum arafasida jarohatlar muammosidan imkon qadar chetlanishiga harakat qildik.  Xarid qilingan futbolchilarga kelsak, biz avvaldan kuzatib kelgan yani ko'z ostimizga olib qo'ygan yigitlarni tarkibga qo'shdik. Men ularga ishonaman. Qo'l ostimdagi shogirdlarim xamisha “Neftchi” uchun borini berib o'ynashgan. O'tgan yili jamoa safida harakat qilgan asosiy tarkib futbolchilarini jamoada saqlab qoldik. CHunki ular mening ishonchimni oqlashdi va bu yilgi mavsumda ham yuqori saviyada o'ynashlariga kafolat beraman.

- “Neftchi”ning oldiga qanday maqsad qo'yildi?


- 2014-yili 8-o'rinni egaladik. O'tgan yili esa 5-o'rin bilan chekladik. Etibor bergan bo'lsangiz, natijalar yaxshilanmoqda. Biz yana shu yo'ldan ketamiz. Yani yildan-yilga natijalarni ko'tarib borishni reja qilganmiz. O'tgan yili 5-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak, Oliy liga-2016da undan-da yaxshiroq natijalar uchun o'ynaymiz. Yashirmayman, yangi mavsumdan umidim katta,  - deb fikrlarini yakunladi “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov.

Murabbiy fikrlarini yakunlangach, yangi futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi boshlandi.



SHuningdek tadbir doirasida, Farg'ona shahri 1-sonli futbolga ixtisoslashtirilgan futbol  internatining 2000-2002-yillardan tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan jamoasi sahnaga taklif etildi. Ular yaqinda “Buxoro Ochiq chempionati”da ishtirok etib faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritganilari munosabiti bilan taqdirlanashidi.



SHu tariqi bir yarim soat davom etgan marosim nihoyalandi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика