So’nggi yangiliklar

22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  0 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  0 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  13

"Neftchi": Yangi futbolchilar tanishtirildi (FOTO) Yangiliklar

"Neftchi": Yangi futbolchilar tanishtirildi (FOTO)

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” PFK ikkinchi davra avvalida o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarini ommaga rasman tanishtirdi.
Mazkur tadbir 2016 yil, 1 avgust kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionining matbuot anjumanlari zalida o'tkazildi. Unda jamoa bosh murabbiyi Andrey Vitalevich Fyodorov hamda yangi futbolchilar Akmal Xolmatov, Sardor Rahmonov, Furqat Hasanboev, Nikita Pavlenko, Abdujamol Isroilov shuningdek OAV vakillari hamda bir qator jamoa ishqibozlari ishtirok etishdi.

1


6

Anjumanning ilk qismida jamoa ustozi Andrey Fyodorov “Neftchi”ning ikkinchi davraga bo'lgan tayyorgarlik jarayoni hamda yangi futbolchilar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Andrey Fyodorov: Xabaringiz bor, ikkinchi davraga tayyorgarlikni Dukentda olib bordik. Aytish kerakki, so'nggi yillardagi eng yaxshi yig'inimizni o'tkazdik. Ajoyib tashkilotchilikka ega bo'lgan Dukent yig'ini uchun “Neftchi” klubi rahbariyatiga rahmat aytaman. Bosh murabbiy sifatida yig'indan ko'nglim to'ldi. Yigitlar Dukentda xar taraflama ikkinchi davraga zo'r berib tayyorlanishdi. SHundan so'ng Toshkent shahrida 2 ta o'rtoqlik o'yinlari “Buxoro” hamda “Paxtakor” jamoalariga qarshi bo'lib o'tdi. Bu ikki foydali bahs orqali tayyorgarlik qay darajada foydali bo'lganini sinab oldik. Yaxshi bilasiz, yilda asosan ikki marta selekciya ishlari ustida jiddiy shug'ullanamiz. Biroq xar qanday murabbiy selekciya ishlaridan 100 % ko'ngli to'lishish qiyin bo'ladi. Biz ham imkon darajasida jamoani ikkinchi davra avvalida kuchaytirishga harakat qildik.

2

Akmal Xolmatov hamda Sardor Rahmonovlar ortda qaytarishga muvaffaq bo'ldik. Men bu yigitlarni yangi o'yinchi sifatida qabul qilmayman. Ularning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. SHuningdek Nikita Pavlenko hamda Furqat Hasanboev kabi o'yinchilarni ham tarkibga jalb qildik. Yana bir yosh futbolchi Abdujamol Isroilov birinchi davradan beri biz bilan birga edi. Davralar oralig'ida uni ham qaydnomaga kiritdik va navbatdagi bahslarda jamoamiz sharafini himoya qilishi mumkin bo'ladi. “Neftchi”da turli yoshdagi futbolchilar jam bo'lishgan. Biz muntazam ravishda yoshlar jamoamizdagi yigitlarga ham asosiy tarkib o'yinlarida imkoniyat berib boryapmiz. Ertani ham o'ylashimiz kerak. Jamoa xar taraflama mustahkam va rivojlangan bo'lishini istayman. Yaxshi niyatlar bilan ikkinchi davrani qarshi olyapmiz. Albatta o'z rejalarimiz sodiq qolamiz va xar bir o'yinda muxlislarni xursand qilishga kirishamiz.

SHuningdek, futbolchilar ham jamoadagi yangi maqsad va rejalari bilan o'rtoqlashdi.

4

Nikita Pavlenko: “Neftchi”ga yordam berish va tajriba ortirish uchun Farg'onaga keldim. Klubda namuna bo'lishga arzigulik futbolchilar juda ko'plab topiladi. Akmal Xolmatdek futbolchidan ko'p narsa o'rganish niyatidaman. Murabbiyimiz bizga bir iborani ko'p aytib keladi: “Maydonda g'alaba qozonishga bo'lgan kuchli istakning o'zi ham katta natija hisoblanadi” SHunday ekan, bellashuvlarda bor imkoniyatni ishga solib natija uchun o'ynamiz.

5

Furqat Hasanboev: O'zim asli Farg'ona viloyatidanman. Buvayda tumanidan tug'ilib, katta bo'lganman. Qo'qondagi faoliyatim orqali farg'onalik muxlislar qanday ekanligini juda yaxshi bilaman. O'ta talabchan muxlislar deb aytish mumkin. “Neftchi”ga yordam berish uchun keldim. Qo'limdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, jamoa ravnaqi yo'lida mehnat qilaman. Maqsadim murabbiylar ishonchini oqlash va muxlislarni xursand etishdir.

Sardor Rahmonov: Farg'ona mening ikkinchi uyimga aylanib qolgan. Qaytganimdan xursandman. Bu erlik muxlislarni juda yaxshi bilaman. Jamoaning avvalgi shonli natijalarini yana takrorlashga harakat qilamiz. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Biz esa mazkur o'yinda g'alaba qozonib ularni xushnut etishimiz kerak. Albatta ikkinchi davrada yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

Abdujamol Isroilov: Jamoada juda ko'p tajribali o'yinchilar faoliyat olib borishmoqda. Maqsadim ulardan ko'p narsa o'rganish va jamoada o'z o'rniimga ega bo'lishdir. Jamoada yaxshi niyatlar bilan faoliyat boshladim.

Akmal Xolmatov: Men uzoq yillik faoliyatim davomida ko'plab jamoalarda o'ynadim. Aytish kerakki, “Neftchi”da juda ko'plab iqtidorli va mehnatkash o'yinchilar jam bo'lishgan. Ulardek yigitlarni boshqa joyda ko'rmadim. Hozir baland-parvoz gaplarni aytish niyatim yo'q. Lekin biz faqat muxlislar uchun o'ynamiz va g'alaba uchun hamisha kurashamiz deb dangal ayta olaman.

Rasmiy tadbirning so'nggi qismida jamoa azolari ikkinchi davrada qaysi raqamlardagi futbol liboslarida o'ynashlarini ommaga taqdim etishdi.

7

SHunday so'ng jamoa vakillari “Istiqlol” stadioni maydonida to'p bilan ishlash jarayonidan kichik ko'rinishlarni jurnalist va muxlislarga taqdim etishdi.

8

9

Akmal Xolmatov

10

11

Sardor Rahmonov

12

Nikita Pavlenko

13

Furqat Hasanboev

14

Abdujamol Isroilov

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика