So’nggi yangiliklar

14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  0 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  5 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  7 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  15 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  23 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15

"Neftchi" xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Tojikiston klubini yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

"Neftchi" xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Tojikiston klubini yirik hisobda taslim qildi

Teglar :  NeftchiXo'jand
Superligada davom etayotgan tannafusdan unumli foydalanib, o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini rejalashtirgan "Neftchi" kecha ikkinchi xalqaro bellashuvida ishtirok etdi.

Bu safar Tojikiston oliy divizion vakili "Xo'jand" klubi "Neftchi"ga raqiblik qildi. Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar ostida kechayotgan va jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo'l olishadi, deya xulosa chiqarib turgan muxlislar sahnaga ruminiyalik Mixay Roman kirib kelishiga guvoh bo'ldilar. 33-daqiqada jarima to'piga ega bo'lgan vakillarimiz zarbani ijro etishni Mixay Romanga ishonib topshirishdi va futbolchi jonli devor ustidan yo'llagan zarbasi chiroyli tarzda darvoza to'ridan joy egallab, farg'onaliklarni hisobda ollinga olib chiqdi 1:0. Ushbu minimal hisob tanaffusga qadar o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar zaxirada bo'lgan barcha o'yinchilarni maydonga tushirdilar va ular tomonidan 47-daqiqada tashkil etilgan chiroyli kombinaciya natijasida to'pga egalik qilgan G'ulomhaydar Gulyamov yaqin masofadan mehmonlar darvozasiga zarba yo'llab, ikkinchi to'pni kiritdi 2:0. Kiritilgan goldan so'ng o'yinda tashabbus to'laligicha mezbonlar tomoniga o'tdi va bir-biridan chiroyli kombinaciya va hujumlar uyushtirilishi oqibatida 81-daqiqaga kelib Bilolxon Toshmirzaevning driblingi va olisdan kuchli zarbasi tablodagi hisobni 3:0 ga o'zgarishiga sabab bo'ldi. Ushbu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi va "Neftchi" o'rtoqlik bellashuvida yirik g'alabaga erishdi.

O'RTOQLIK UCHRASHUVI
24 mart "Istiqlol" stadioni
"Neftchi"-"Xo'jand" 3:0
Gollar:
Mixay Roman, 33'(1:0), G'ulom-Haydar Gulyamov, 47'(2:0), Bilolxon Toshmirzaev, 81'(3:0)

"Neftchi": 

(Birinchi bo'lim)
35.Sanjar Quvvatov, 4.Boyan Ciger, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 70.Abbos G'ulomov 19.Mirzoxid G'ofurov, 8.Ketelin Karp, 23.Diyor Turopov 11.Javoxir Qaxramonov, 99.Nsungusi Effiong, 18.Mixay Roman.

(Ikkinchi bo'lim) 

35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 21.Muxsin Ubaydullaev (s), 14.Xurshid Muxtorov, 27.Muxammadali Xolmatov (33.SHoxrux Yoqubjonov 70), 66.Doniyor Valiev, 17.Sanjar Qodirqulov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 10.SHoxruz Norxonov, 28.Bexruz Oblakulov, 77.Bilolxon Toshmirzaev.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика