So’nggi yangiliklar

14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  3 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  8 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  19 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61

"Neftchi" va "Navbahor"ga o'rnatilgan taqiq kuchida qoldi. Ushbu klublar yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi Yangiliklar

"Neftchi" va "Navbahor"ga o'rnatilgan taqiq kuchida qoldi. Ushbu klublar yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

O'FA qo'mitalari "Surxon", "Navbahor", "Neftchi" bo'yicha masalalarni ko'rib chiqdi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi talabi bilan "Surxon" klubi sobiq rahbarlari hamda viloyat hokimligi jami 43 nafar futbolchi, murabbiy va xodim bilan belgilangan tartibda aniqlangan qarzdorlikni shu yilning 16 iyul sanasiga qadar bartaraf etdi.

SHu asosda "Surxon" O'FA Apellyaciya qo'mitasiga apellyaciya shikoyati kiritdi. 23 iyul kuni mazkur masala qo'mita tomonidan ko'rib chiqildi. Unda 2023 yilning 6 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Surxon" futbol klubini yangi investorlarga sotish, bunda klubning shu sanaga qadar bo'lgan qarzdorligi Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan qoplab berilishi belgilangani malumot sifatida qayd etildi. O'tgan vaqt davomida viloyat hokimligi mavjud qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritib, keyinchalik mazkur ishni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshirdi. Bularning barchasi malum vaqt talab etdi. SHunga qaramay, Associaciya, Liga hamda Uyushma FIFA nizomlari asosida sobiq futbolchi va murabbiylar huquqini himoya qilgani holda "Surxon" klubiga nisbatan qator sankciyalar qo'llab keldi. Yani, Surxondaryo viloyati prokuraturasining talabi ijrosi bajarilguniga qadar, mazkur masala o'z aktualligini yo'qotmadi. Natijada "Surxon" klubining yangi investorlari o'ziga tegishli bo'lmagan majburiyatlar sabab yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish masalasida qator muammolarga duch keldi. 

Yig'ilishda ishtirok etgan Liga vakillari "Surxon" klubi bilan 2023 yilgi mavsumdan boshlab o'zaro shartnomaviy majburiyatlar bo'yicha hech qanday muammo mavjud emasligini qayd etdi. Aksincha, bugunga kelib "Surxon" Associaciya hamda Liga tomonidan qo'yilgan barcha talabni o'z vaqtida bajarib kelmoqda. Mazkur holatlarni inobatga olib, O'FA Apellyaciya qo'mitasi "Surxon" futbol klubiga nisbatan joriy yilning 2 iyul sanasida qo'llanilgan barcha sankciyalarni to'xtatib turish bo'yicha qaror qabul qildi. Yani, "Surxon" yozgi transfer oynasida belgilangan limitdan chiqmagan holda har qanday yangi futbolchini Liga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin. Biroq Uyushma himoyasi ostida qolayotgan 6 nafar sobiq futbolchi bilan bog'liq masala yuzasidan tegishli organlar qayta huquqiy bahosini bersa, mazkur ish qayta ochiladi va u bo'yicha yakuniy xulosa chiqariladi. 

SHuningdek, Apellyaciya qo'mitasi "Neftchi" futbol klubining apellyaciya shikoyatini ham ko'rib chiqdi. Bunda "Neftchi" futbol klubi tomonidan O'FA Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining qarorlariga nisbatan bir necha bor bepisand munosabatda bo'lingani, klub tomonidan moliyaviy majburiyatlarning takroriy buzilishi qayd etildi. SHunga qaramay, "Neftchi" joriy 16 iyuliga qadar sobiq futbolchilari bilan hisob-kitob qilgani takidlandi. Vaholanki, klub kafolatiga ko'ra mazkur qarzdorlik aprel oyidayoq bartaraf etilishi lozim edi.

Qo'shimchasiga, "Neftchi" shu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini to'liq bajarib bo'lishi belgilangan bo'lsa-da, klub hozirga qadar mazkur majburiyatlarni mutlaqo bajarmasdan kelmoqda. SHunga qaramay, Liga "Neftchi" klubi ustidan O'FA qo'mitalariga shikoyat kiritmagani malumot uchun qayd etildi. 

Barcha masala ko'rib chiqilgach, apellyaciya shikoyatini qanoatlantirish rad etildi hamda avvalgi qaror o'z kuchida qoldirildi. Endilikda "Neftchi" yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin. Xorijlik futbolchiga nisbatan taqiq esa o'z kuchida qoladi.

"Navbahor lochinlari" futbol klubi O'FA Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaga shu yilning 2 iyul sanasidagi qarori yuzasidan qayta murajaat qildi. Qo'mita ikki ish kuni ichida klubga rasman rad javobini taqdim etdi. Xatda "Navbahor lochinlari" futbol klubining qo'mita qarorlariga nisbatan bir necha bor bepisand munosabatda bo'lgani, ularning ijrosini belgilangan muddatda bajarmaganidan kelib chiqib, xorijiy futbolchilarni yozgi transfer oynasida ro'yxatdan o'tkazishga uzil-kesil taqiq qo'yilgani tushuntirildi.

"Neftchi" kabi "Navbahor lochinlari" futbol klubi ham shu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarni to'liq bajarishi lozim edi. Biroq klub mazkur masalada ham hozirgi kunga qadar mutlaqo harakatsiz hisoblanadi. SHunga qaramay, Liga O'FA qo'mitalariga shikoyat arizasiga kiritmagan. 

Endilikda "Navbahor lochinlari" yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Xorijiy futbolchi bilan shartnoma esa Liga ro'yxatidan o'tkazilmaydi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика