"Neftchi" - "Turon" o'yinidan so'ng chetlatilgan futbolchilarning keyingi taqdiri nima bo'ldi? SHerzod Abduraimov: "Diskvalifikaciya bizni tarbiyaladi"
23 dek 2021 10:20
Yangiliklar
"Neftchi" - "Turon" o'yinidan so'ng chetlatilgan futbolchilarning keyingi taqdiri nima bo'ldi? SHerzod Abduraimov: "Diskvalifikaciya bizni tarbiyaladi"
Jumladan darvozabon SHerzod Abduraimov, himoyachi Jamshid Qobulovlar 1 yil muddatga chetlatilganligi tufayli joriy mavsum Qirg'iziston chempionatida o'ynab qaytdilar. Saytimiz muxbiri SHerzod Abduraimov bilan bog'lanib ayni masalalar yuzasidan intervyu tashkil etdi.
- SHerzod, diskvalifikaciya muddati yakuniga qadar legioner sifatida Qirg'iziston chempionatida o'ynaganingiz haqida eshitdik. Aytingchi, bu jarayon qanday yuz berdi?
- Biz O'zbekiston futbol associaciyasi qaroriga ko'ra, bir yil muddatga futboldan chetlatilgandik. Futbolchi uchun o'yin amaliyotisiz qolib ketish juda og'ir xolat hisoblanadi. Farg'ona viloyati futbol associaciyasi bilan xamkorlikda O'zbekiston futbol associaciyaga murojaat bilan chiqdik. Maqsadimiz o'yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun boshqa davlatda bo'lsa ham futbol o'ynash, maydonga tushish edi. O'zbekiston futbol associaciyasi bizni tushungan xolda xorij chempionatlarida futbol o'ynash uchun imkoniyat berdi. SHundan so'ng Qirg'iziston chempionati vakili - "Kaganat" klubidan men va himoyachi Jamshid Qobulov ikkimizga chorlov bo'ldi. Biz bu taklifni qabul qildik va Qirg'izistonga borib "Kaganat" tarkibida chempionatda ishtirok etdik. Hammasi kutilganidan yaxshi o'tdi, qiyin bo'lsa ham yaxshi mavsum o'tkazdik deb ayta olaman. Jamshid Qobulov ham men bilan birgalikda Qirg'iziston chempionatida ishtirok etdi, o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. Ishonch bilan ayta olaman, Jamshid Superliga darajasidagi himoyachi.
- Endilikda sizda sobiq klubingizga, yani "Neftchi"ga qaytish imkoniyati bormi?
- "Neftchi" hozirda Superligaga qaytgan va jamoadagi raqobat juda kuchli. Sobiq jamoamga qaytishim uchun yanada ko'proq ishlashim, kuchli bo'lishim kerak.
- Futbol muxlislariga, umuman futbol jamoatchililigiga nimalarni aytgan bo'lardingiz
- Bilasizmi, diskvalifikaciya bizni tarbiyaladi. Bir yillik muddat davomida biz xato ish qilganimizni anglab etdik. Hozirga kelib bizga qo'yilgan diskvalifikaciya muddati yakunlandi va endilikda imkoniyat bo'lsa milliy chempionatlarimizda borimizni berib o'ynashga tayyormiz.
Muallif: Bekzod Tolibov
Fikrlar