"Neftchi" "Turon" futbolchisiga qiziqmoqda. U kim bo'lishi mumkin?
30 iyu 2023 16:20
Yangiliklar


"Neftchi" "Turon" futbolchisiga qiziqmoqda. U kim bo'lishi mumkin?
"Neftchi" lageridan daraklar. Farg'onaliklar ham transfer oynasida imkon qadar unumli foydalanishni maqsad qilgan.
Klub yarim himoyadagi raqobatni kuchaytirish uchun "Turon" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'zievga jiddiy qiziqmoqda. U yozgi transferlar oynasi vaqtida "Neftchi"ga ko'chib o'tishi mumkin.
Futbolchi yaypanliklar libosida 12 ta o'yinda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasini 1 bor ishg'ol qilgan bo'lsa, 1 ta golga assistentlik qildi. O'zbekiston kubogi bahslarida 3 ta o'yinda 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar