"Neftchi" tasdiqladi: Mo'minjonov klubni tark etdi
02 iyu 2022 17:20
Yangiliklar
"Neftchi" tasdiqladi: Mo'minjonov klubni tark etdi
"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov klubdan ketdi.
"Neftchi" futbol klubi 2022 yil Superliga uchrashuvlarida o'z imkoniyatlaridan oqilona foydalana olmay, ketma-ket mag'lubiyatlarga uchraganligi va turnir jadvalida oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlay olmaganligi bois, jamoa bosh direktori Zohidjon G'ofurov hamda bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov o'z arizalariga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib,istefoga chiqarildi..", — deyiladi "Neftchi" xabarida.
Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimiz tomonidan Ilhom Mo'minjonov o'z arizasiga ko'ra, "Neftchi"ni tark etgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar