"Neftchi" sobiq futbolchisi: "Legionerlarni FIFA himoya qiladi, mahalliy futbolchilar odam emasmi?"
14 fev 2025 12:42
Yangiliklar
"Neftchi" sobiq futbolchisi: "Legionerlarni FIFA himoya qiladi, mahalliy futbolchilar odam emasmi?"
Tez orada FIFA klubdan transfer taqiqini olib tashlaydi. Shu xabarni o'qigan "Neftchi" klubi sobiq futbolchilaridan biri saytimiz bilan bog'landi va ichidagilarni to'kib sochdi:
"Klublarimiz doim legioner futbolchilarning qarzlarini birinchilardan bo'lib to'lab berishadi. Chunki ularni FIFA himoya qiladi. Mahalliy futbolchilar esa "topar oyida oladi". Nima mahalliy futbolchilar odam emasmi? Ularni oilasi, bola-chaqasi yo'qmi? Yil davomida shu jamoa uchun o'ynaymiz, lekin peshona terimizni ololmaymiz. Qizig'i bu narsa deyarli har yili takrorlanaveradi. Faqat "Neftchi"da shunaqa demoqchimasman. Yoki u klubda, yoki bu klubda shunaqa bo'laveradi. 2024 yilda "Neftchi"da o'ynagan mahalliy futbolchilardan so'rangchi qachon oxirgi marta maosh olishibdi? Hozir ham klubda o'ynayotganlar dardini kimga aytishni ham bilmaydi. Chunki ko'z-ko'zga tushishi bor", - dedi ism familiyasi sir qolishini so'ragan "Neftchi" sobiq futbolchilaridan biri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar