So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Neftchi" sobiq darvozaboni: "Har qanday sharoitda futbol o'ynashni o'rgandim" Yangiliklar

"Neftchi" sobiq darvozaboni: "Har qanday sharoitda futbol o'ynashni o'rgandim"

Hozirda Qirg'izistonning "Alay" klubida faoliyatini davom ettirayotgan "Neftchi" sobiq posboni SHerzod Abduraimov saytimizga intervyu berdi.

- SHerzod, 2021 yilgi mavsumdan boshlab faoliyatingizni Qirg'iziston chempionatida davom ettirayapsiz. Bu yilgi mavsumda sizni “Alay" jamoasi ko'rdik. Aytingchi, jamoadagi sharoitlar qanday?

- Avvalo etibor uchun rahmat. "Alay" klubida barcha sharoitlar bor. Jamoa bosh murabbiyi Mirlan Eshenov bizga har doim g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'ladi. 2020 yilgi "Neftchi" - "Turon" o'yinidagi voqeliklardan so'ng Qirg'iziston chempionatiga ko'chib o'tdim. Dastlab "Kaganat" klubida, endilikda esa "Alay"da o'ynab kelmoqdaman. Bilasizmi, legionerga aylanganimdan so'ng futbolchining maydondagi har bir daqiqasi qadriga etishni, shuningdek, har qanday sharoitda ham futbol o'ynashni o'rgandim. Hozirgi klubimda futbol uchun hamma sharoitlar bor va bu meni to'laligicha qoniqtiroqda.


- "Alay"da sizdan tashqari ham o'zbekistonlik legioner futbolchilar bormi?

- Ha, Muhammad Ali Tursunov, Murodjon To'ychiboevlar men bilan jamoadosh hisoblanishadi.


- O'zi umuman Qirg'iziston chempionatida qaysi davlatdan legioner futbolchilar ko'proq?

- Gana davlatidan bor, Nigeriya, Rossiya va Ukrainadan, shuningdek ko'prog'i O'zbekistondan legioner futbolchilar bor.


- "Alay"ning joriy mavsumdagi natijalari qanday bo'ldi?

- Biz mavsumni qiyin boshladik. Birinchi o'yindagi mag'lubiyat jamoaga ruhan tasir qildi. Ammo, tez orada o'z o'yinimizni topib oldik va bir nechta g'alabalarga erishdik. Mavsumni 2-o'rin bilan, yani kumush medallar bilan yakunladik.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика