"Neftchi" serbiyalik himoyachi bilan shartnoma tuzdi
16 jan 2021 17:21
Yangiliklar


"Neftchi" serbiyalik himoyachi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumga Toshkent shahrida qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan Ilhom Mo'minjonov shogirdlari tarkibiga yangi legioner kelib qo'shildi.
Serbiyalik 23 yoshli Darko Stanoevich yangi mavsumda Farg'onaliklar sharafini himoya qiladi. Bu futbolchi "Neftchi" tarkibida himoya chizig'ida harakat qiladi.
Malumot uchun, Darko Stanoevich shu kunga qadar Serbiyaning "Sloboda Uzise", FK "Loznisa" va "Bijeljina" klublarida tur tepgan.
"Neftchi" FK matbuot xizmati
P.S. Bu ko'p yillar davomida O'zbekistonda o'ynagan Darko Stanoevich emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar