So’nggi yangiliklar

10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  1 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  2 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2

“Neftchi”: Samarqanddan g'alaba bilan qaytdik (to'liq sharh) Yangiliklar

“Neftchi”: Samarqanddan g'alaba bilan qaytdik (to'liq sharh)

Teglar :  DinamoNeftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi O'zbekiston Kubogi-2016ning 1/16 bosqichida Samarqandning “Dinamo” jamoasini engdi.

O'zbekiston Kubogining 1/16 bosqichida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Oliy liganing o'tgan yilgi ishtirokchisi “Dinamo” klubiga ro'baro keldi. Samarqand shahrida bo'lib o'tgan bellashuvda farg'onalik futbolchilar kichik hisobda zafar quchishdi va nimchorak finalga yo'llanma olishdi. 


SHu kuni “Neftchi” ustozi Andrey Fyodorov darvozabon O'tkir Yusupovni asosiy tarkibda maydonga tushirdi va Yusupov mazkur bahsda o'zining debyut o'yinini o'tkazdi. Hujum chizig'ida esa asosiy tarkibda Otabek Isroilov harakat qildi. Bevosita o'yinga to'xtalidigan bo'lsak, ilk daqiqalarda “Neftchi” jamoasi mehmonlarga ochiq futbol namoyish etdi va kichik ustunlikka ega bo'ldi. Samarqandliklar esa asosan qarshi hujumlarda o'z omadini qidirishdi. Lekin birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda Fyodorov “Neftchi”ning hujumkorligini oshirish maqsadida tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Xususan Sardor Eminov hamda Murod Bobojonovlarning bahsga kirishishi o'yinga yangi “qon” berdi. 49-daqiqada hisob ochildi. “Dinamo” jarima maydonchasi ichidagi himoyachilarning xatosidan Dilyor Irmatov unumli foydalandi va o'yinda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. O'z tarkibida asosan maxalliy yoshlarni jamlagan mehmonlar ikkinchi taymda qarshi hujumkorlikni oshirishiga harakat qilishdi va Yusupov darvozasi yaqinida bir qator xavfli vaziyatlarni amalga oshirishdi. Biroq bellashuv oxiriga qadar o'yinda boshqa to'p kiritilmadi. 0:1, “Neftchi” safarda “Dinamo” ustidan g'alabaga erishdi. 



O'zbekiston Kubogi. 1/16 final.
Samarqand, “Dinamo” stadioni.

Dinamo– Neftchi (0:0) 0:1
Gol: 49 -Dilyor Irmatov.

"Dinamo": Mixail Naumov, Akmal Bozorov, Alisher Xoliqov, Laziz Nuriddinov, Jasur Azimov, Islom SHaripov, Azamat Bobojonov, Omad Toyloqov, Bunyod Isroilov, Mirkomil Lokaev, Komil SHarofutdinov.
Zaxira: SHuhrat Murodov, Rustam Toshturdiev, Amirjon Safarov.

"Neftchi": O'tkir Yusupov, SHukurali Po'latov, Umid Qodirov, Abbos Maxstaliev, Ilhom Boydadaev, Javohir Rasulov, Dilyorbek Ermatov, Muhsinjon Ubaydullaev, Alisher Samatov, Otabek Isroilov, Jahongir Mehmonov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Qulmatov, SHerzod Hakimov, Murod Bobojonov, Husniddin G'ofurov, Abdurahmon Abdulhaqov, Sardor Eminov.
 
Mazkur natijadan “Neftchi”  jamoasi O'zbekiston Kubogining 1/8 bosqichiga yo'l oldi. Endi farg'onaliklar 26 mart kuni Qarshining “Nasaf” jamoasini o'z maydonlarida qabul qilishadi.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика