So’nggi yangiliklar

07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6

"Neftchi": Rejadan tashqari yana bir o'yin bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Neftchi": Rejadan tashqari yana bir o'yin bo'lib o'tdi

Antaliyada o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotgan “Neftchi” jamoasi kecha rejadan tashqari yana bir o'yin o'tkazdi.

Doneckning “SHaxtyor” U-21 jamoasi futbol klubimizga rejadan tashqari o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifi bilan murojaat qildi. Andrey Fyodorov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga yanada ko'proq o'yin amaliyoti bo'lishi uchun mazkur o'rtoqlik bahsiga rozilik berishdi.  “SHaxtyor” jamoasining 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga qarshi o'yin ham qizg'in va murosasiz kurashlarga boy o'tdi. O'yinda vakillarimiz 2:1 natijasiga ko'ra raqibni taslim qilishdi. Farg'onaliklar safida Abbos Maxstaliev penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, Abdujamol Isroilov ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Bu o'yinda jamoaning bir qator tajribali va legioner futbolchilariga dam berildi.  Doneckliklarning yoshlar jamoasiga qarshi bellashuv bo'lgani munosabati bilan Andrey Fyodorov ham mazkur uchrashuvda ko'proq yosh futbolchilar imkoniyat berdi. “Neftchi” Doneck klubiga qarshi quyidagi tarkibda o'ynadi.

Asosiy tarkib: Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Husniddin G'ofurov, Ibrohim No'monov,  Sardor Qulmatov,  Umid Qodirov, Abdujamol Isroilov, Nikita Pavlenko, Abdurahmon Abdulhaqov, Damir Nizanov, Mo'ydin Mamazulumov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Abbos Maxstaliev, Furqat Hasanboev, Javohir Rasulov

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика