So’nggi yangiliklar

20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  3 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  3 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7

"Neftchi" Qirgulida nazorat uchrashuvini o'tkazdi Yangiliklar

"Neftchi" Qirgulida nazorat uchrashuvini o'tkazdi

Teglar :  Neftchi
Xabaringiz bor, “Neftchi”ning qishdagi yig'iniga bir qator yangi futbolchilar Sardor Eminov, Ilhom Boydedaev, O'tkir Yusupov va Alisher Samatov singari o'yinchilar kelib qo'shilishdi.

Bosh murabbiy Andrey Vitalevich mazkur o'yin orqali yangi “Neftchi” vakillarini sinovdan o'tkazish, tarkibdagi futbolchilarning jismoniy holati va o'yini borasidagi kamchiliklarini aniqlab olish imkoniga ega bo'ldi.

Qirgulidagi so'nggi yig'in kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda “Neftchi” futbolchilari “Qizillar” va “Sariqlar” jamoasi nomlari ostida harakat qilishdi. O'yin “Sariqlar”ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyalandi. Nazorat o'yinida Fyodorov imkon darajasida barcha futbolchilarni maydonda tushirdi. Faqat himoyachi Jahongir Mehmonov o'yinda ishtirok etmadi. Mehmonov endigina o'tgan mavsumdagi jarohatidan tiklanmoqda.  

SHu kuni Oliy ligada o'ziga yarasha tajribaga ega bo'lgan O'tkir Yusupov “Sariqlar” darvozasini qo'riqladi. Aytish kerakki, O'tkirning seyvlari, himoyachilarni nazorat qilishi va tezkorligi bizda yaxshi taassurot qoldirdi. Sardor Eminov ham maydondda faolligi bilan ajralib turdi. Bahs nazorat o'yini maqomiga ega bo'lsada, qizg'in tarzda kechdi. Stadionda o'yinni tomosha qilgan muxlislar, futbolchilarni katta maydonni sog'inishganiga amin bo'lishdi.

Qirguli. “Neftchi SK” stadioni. 12 yanvar, 2016-yil.
“Sariqlar” – “Qizillar” 3:2.
Gollar:
Otabek Isroilov, Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov (sariqlar)
Murod Bobojonov 2 ta (Qizillar)  
“Sariqlar”: O'tkir Yusupov, SHukurali Po'latov, Dilyor Irmatov, Xusniddin G'ofurov, Alisher Samatov, Mansur Saidov, Javohir Rasulov, Elamon Karimov, Baxtiyor Yoqubov, Otabek Isroilov, SHerzod Hakimov.  

“Qizillar”: Sergey Smorodin, Sardor Qulmatov, Otabek Muhammadjonov, Aziz Nosirov, Ilhom Boydedaev, Abdurahmon Abdulxaqov, Umid Qodirov, Sardor Eminov, Jamshid Xoshimov, Bobur Farxodov, Murod Bobojonov.

 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика