So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  2 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

“Neftchi” PFKda o'zgarishlar yuz berdi Yangiliklar

“Neftchi” PFKda o'zgarishlar yuz berdi

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 2017-yilgi mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti.

Birinchi davra yakunlanishiga oz fursat qolganda jamoa turnir jadvalining quyi pog'onalarini band etib turibdi.

Oliy liga 12-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Neftchi” bahsidan so'ng Farg'ona viloyati hokimi SHuhrat Madaminovich G'aniev klub qarorgohida yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda shu kunga qadar klub raisi sifatida faoliyat olib borgan Rustam Rahmonovich Abdullaev hamda jamoa katta murabbiyi Murod Muzaffarovich Ismoilovlar o'z arizasiga ko'ra istefoga chiqarildi. Bosh murabbiy Andrey Vitalevich Fyodorov esa jamoaga yangi bosh murabbiy topilgunga qadar vaqtincha ishlaydi.

Jamoa tarkibida ham katta o'zgarishlar kuzatiladi. Faqat bu jarayon birinchi davra yakuniga etkanidan so'ng amalga oshiriladi. Klub rahbarlari tomonidan jamoa oldida yuqori ko'rsatkichlarni qayd etish vazifasi qo'yilmoqda. Jamoa raisi lavozimiga Farg'ona futbol federaciyasi vice-prezidenti Tohir Veysalovich Kapadze tayinlandi.

Ayni paytda barcha diqqat etibor Namanganda bo'lib o'tadigan “Navbahor”ga qarshi bahsga qaratilgan. Klubga doir so'nggi yangiliklarni internetdagi rasmiy-veb saytimiz orqali kuzatib boring

“Neftchi” matbuot xizmati


 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика