So’nggi yangiliklar

07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  0 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  0 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  1 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  5 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  13 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi

Teglar :  Neftchi
28 fevral kuni Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan futbolchilarni keng jamoatchilikka rasman tanishtirdi.

 




Tanishtiruv marosimi Qirgulidagi “Neftchi” Madaniyat saroyida o'tkazildi. Unda “Neftchi” PFK rahbariyati, viloyat futbol federaciyasi vakillari, murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar va klub muxlislari ishtirok etishdi. SHu qatori tadbirga bir qator martabali mehmonlar kelganligini alohida takidlab  o'tish lozim. Xususan, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Ilhom Nosirov, FNQIZ Bosh direktori o'rinbosarari Nazirjon Teshaboev va viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Tohir Kapadzelar tadbir davomida so'z olib, jamoaga yangi mavsum oldidan omad tilashdi.

 
Tadbir mobaynida klub raisi Mo'ysinjon Mehmonov ham so'zga chiqdi.

Mo'ysinjon Mehmonov (“Neftchi” PFK raisi)

– Har yili muxlislar bilan mana shunday uchrashuvlarda diydor ko'rishamiz. Bu safar ham sizlar bilan ko'rishib turganimizdan xursandman. Umuman olganda “Neftchi” PFKni xar taraflama qo'llab-quvvatlab kelayotgan FNQIZ rahbarilariga rahmat deb qolaman. Zavod xodimlariga ham yangi 2018-yilgi mavsum omadli kelsin. Futbol – millionlar o'yini hisoblanadi. Agar hozirgi kunda rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar va muxlislar birlashsak “Neftchi”ning oldiga qo'ygan maqsadlariga borish yo'li ancha qisqaradi. SHu sabab hamjihat bo'lish bizning asosiy shiorimizga aylangan. Jamoamizning ustivor maqsadi o'z muxlislarini g'alabalar bilan xursand qilish sanaladi. Darhaqiqat, milliy futbolimiz rahbariyatiga haqiqiy jonkuyar insonlar tayinlandi.  SHu sabab so'nggi vaqtlarda futbolda katta ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Bu yil “Neftchi” jamoasi marrani kengroq olmoqda. Buni albatta alohida takidlab o'tish lozimdir. Muxlislardan esa jamoamizni mavsum davomida qizg'in qo'llab-quvvatlashlarini so'ragan bo'lardim. SHundagina ko'zlagan maqsadlarga erishish jarayoni samarador kechadi. Men bunga ishonaman.

 
Sergey Kovshov (“Neftchi” bosh murabbiyi)

– Hurmatli va aziz mehmonlar xabaringiz bor, bu yil katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Farg'ona viloyati “Hokim Kubogi”da g'olib bo'lganimizdan so'ng Toshkent shahrida yig'in o'tkazdik. Poytaxtda bir qator nazorat bahslarini o'tkazganimizdan so'ng jamoamiz asosiy tarkibi yanada o'zgardi. “Neftchi”ning maqsadlari har doim yuqori bo'lib kelgan. Biz yana eski mavqeini tiklash uchun mana shunday tarzda marrani kengroq olmoqdamiz. Oltinchi yoki ettinchi o'rinlarni egallash ko'p hollarda uchraydi. Lekin birinchi o'rinni egallash har kimga ham nasib qilmaydi. Biz ham birinchi o'rinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. SHu sabab rahbariyat va muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab tursangiz, ko'zlagan maqsadga birgalashib erishamiz. Futbolchilar esa o'z ishlari va vazifalariga matonat bilan yondoshsalar yaxshi natijalarga erishamiz deb o'ylayman.

 
Anvar Berdiev (“Neftchi” jamoasi hujumchisi)

– Birinchi o'rinda bizni hurmat qilib tashrif buyurgan barcha muxlislarga rahmat aytib qolaman. Bu yil yaxshi maqsadlar bilan mavsumni boshlayapmiz. Nasib qilsa, muxlislarni xursand qiladigan natijalar ko'rsatamiz. Barchaga sog'liq-salomatlik, oilaviy tinchlik-totuvlik va xotirjamlik tilayman.

SHundan so'ng yangi futbolchilar rasman tanishtirildi.

 
Vitaliy Mirniy (Darvozabon, “Gornyak-sport” Ukraina)

 
Farrux Turdaliev  (Darvozabon, “Cementchi” Quvasoy)

 
Davron Mamatov  (Himoyachi, “Cementchi” Quvasoy)

 
SHukurali Po'latov  (Himoyachi, “Qizilqum” Navoiy)

 
Avaz Agaliev  (Himoyachi, “Mashal” Muborak)

 
Jalil Kimsanov  (Himoyachi, “Qo'qon-1912” Qo'qon)

 
Iskandar SHaykulov  (Himoyachi, “Mashal” Muborak)

 
Elyor Mamasoliev   (Yarim himoyachi, “Cementchi” Quvasoy)

 
Abbosbek Maxstaliev  (Yarim himoyachi, “Navbaxor” Namangan)

 
Sunnatillo Ermatov  (Yarim himoyachi, “Cementchi” Quvasoy)

 
Otabek Axmadjonov  (Yarim himoyachi, “Cementchi” Quvasoy)

 
Abdul Aziz Yusupov  (Hujumchi, “Cementchi” Quvasoy)

 
Murodbek Bobojonov  (Hujumchi, “Lokomotiv” Toshkent)

 
Anvar Berdiev  (Hujumchi “Andijon” Andijon)
 


Vyacheslav Sushkin  (Hujumchi, “Sparta” Greciya)

 
“NEFTCHI” PFK MATBUOT XIZMATI  

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика