So’nggi yangiliklar

12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  0 12:19Каннаваро Тошкентда   9 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  13 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  1 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  1 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  10 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  4 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  14 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  9

"Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" jamoalarida o'ynagan Sanjar Asqaraliev bilan intervyu Yangiliklar

"Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" jamoalarida o'ynagan Sanjar Asqaraliev bilan intervyu

Saytimiz muxbiri o'tmishning yorqin futbolchilaridan biri Sanjar Asqaraliev bilan intervyu tashkil etdi.

Quyida mazkur intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

- Salom Sanjar aka! Futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng qanday ish bilan mashg'ulsiz?

- Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng oilam bilan Janubiy Koreyaga ko'chib ketgandik. O'sha erda bolalar futbolida murabbiy bo'lib ishlayotgan edim. Ota-onamning talabi bilan yurtimizga qaytdik. O'zbekistonga kelganimdan so'ng o'zim tarbiyalangan "Navbahor-Umid futbol maktabiga ishga taklif qilishdi. Ayni damda shu maktabda direktor lavozimida ishlab kelmoqdaman.

- Oliy ligadagi ilk o'yingizni eslay olasizmi?

- Albatta, bu o'yin yodimda. O'shanda “Navbahor" safida birinchi bor Navoiyning "Zarafshon" klubiga qarshi maydonga tushganman. Ilk o'yinimda dastlab hayajon yuqori bo'lgan, lekin bir oz o'tib moslashib ketganman.


- Rasmiy o'yinlardagi ilk golingizni qaysi jamoa darvozasiga kiritgansiz?

- Ilk golim juda yaxshi yodimda. Nega deganda "Navbahor" safida Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi o'yinning 1-daqiqasidayoq gol urgandim.

- Bugunga qadar OAVda elon qilingan intervyularingizda Farg'onaning "Neftchi" jamoasi safidagi o'yinlaringizni futbolchilik faoliyatingizdagi eng yorqin davr deb hisoblagansiz...

- To'g'ri, "Neftchi"dagi 10 yillik faoliyatimni hech qachon unutmayman. O'sha paytda jamoada hamma sharoit bor edi, bizdan faqat futbol o'ynash talab etilardi xolos.

-"Neftchi" safidagi sobiq jamoadoshlaringiz bilan suhbatlashib turasizmi?

- Ha albatta. Ishdan charchaysiz, bazida asablaringiz buziladi. SHunaqa payida birinchi manzilim Farg'ona bo'ladi. Kelaman, do'stlarim bilan suhbatlashmiz, hordiq chiqarib qaytaman. O'sha davrdagi jamoadoshlarim bilan bilan aloqamiz hozirga qadar mustahkam saqlanib kelmoqda.



-Sizningcha, hozirgi kunda O'zbekistonda eng kuchli futbolchi kim?

- O'zbekiston chempionatidagi oladigan bo'lsak, ayni damda Jaloliddin Masharipov eng kuchlisi. O'zbekistonlik futbolchilar bo'yicha umumiy oladigan bo'lsak, Odil Ahmedov tengsiz deb hisoblayman.

- Bilamiz, Sanjar Asqaraliev maydonda qiziqqon futbolchi edi. Bu xarakteringiz sizga pand bergan vaziyatlar ham bo'lganmi?

- Bilasizmi, maydonda yuz bergan voqeliklarni o'sha joyning o'ziga tashlab chiqqanman. O'yindan so'ng futbolchilar bilan do'stona munosabatni saqlab qolganmiz. Masalan, G'ayrat Hasanov "Xorazm" safida bizga qarshi o'ynaganda yuz bergan voqea yodingizdami? O'sha o'yinni "Garri" (G'ayrat Hasanov - tahr.) bilan ko'p eslab, kulishamiz.

- Superliganing joriy mavsumida "Navbahor" va "Andijon" jamoalarining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bu ikki jamoa men uchun begona emas. Faoliyatimning bir qismi "Navbahor" va "Andijon"da o'tgan. Joriy mavsumda "Navbahor"ni sovrindor jamoalar qatorida ko'rishga umid qilaman. "Andijon” jamoasi bilan yuz bergan voqealarni eshitib, hafa bo'ldim. Nasib bo'lsa vodiy jamoalari kelajakda yanada kuchliroq bo'lishadi.


- Sanjar Asqaralievning maydondagi o'yinlarini sog'ingan muxlislarga tilaklaringiz...

- Birinchi navbatda meni unutishmagani uchun rahmat aytaman. Barcha futbol muxlislariga mustahkam sog'lik tilayman, sevimli jamoalari hamisha g'alaba qozonaversin!

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика