So’nggi yangiliklar

08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  2 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  12 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0

"Neftchi" - "Navbahor": Murabbiylarning o'zaro "dueli" Yangiliklar

"Neftchi" - "Navbahor": Murabbiylarning o'zaro "dueli"

Bugun yakuniga etgan joriy mavsumdagi to'rtinchi "vodiy derbisi" kutilganidan ham asabiy ruhda o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki bo'limining oxirlarida futbolchilar o'rtasida kichik nizolar kelib chiqdi. Uchrashuv derbi maqomida bo'lganligi bois, bunday vaziyatlarni "odatdagidek" deb baholash mumkin. Avvallari bundan ham badtar manzaralarga guvoh bo'lgandik.

O'yinning kulminacion nuqtasi birinchi bo'lim yakunangach kuzatildi. Futbolchilar maydonni tark etayotgan chog'da "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamda "Neftchi" murabbiyi Sergey Lebedovlar o'rtasida qandaydir kelishmovchilik kelib chiqdi shekilli, ikkala mutaxassis ham asabiy tarzda subatlashishdi, ayrimlarning aytishicha, dahanaki jang mushtlashuvgacha ham borishi mumkin edi. SHu paytda ularning orasiga "Navbahor" murabbiyi Zohid Nurmatov qo'shildi. Farg'onalik tanishlarning malum qilishiga qaraganda, Nurmatov Lebedovga qo'l ko'targan. SHu joyda ularni ajratib qo'yishibdi. Uchrashuvni mehmonlar sektoridan kuzatganimiz bois, ushbu vaziyatlar bizga aytarli ko'rinmadi.

Uchrashuv nazoratchisi Sayfiddin Ermatovning ko'rsatmasiga binoan uchchala murabbiy ham o'yinni muxlislar qatoridan kuzatishga majbur bo'lishdi. Ushbu masalani albatta PFL ko'rib chiqadi. Hakamlar brigadasi bu boradagi fikr va xulosalarini federaciyaga etkazishadi. Yakunda esa, barcha murabbiylar jazolanishi mumkin. Avvalroq Ashurmatovga PFL tomonidan jazo belgilangandi.

Bu galgi derbida murabbiylar "o'zlarini" ko'rsatishdi. "Navbahor" murabbiylarining yo'qligi esa uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatdi, deyish mumkin. CHunki, ikkinchi bo'limda "lochinlar" dastlabkisida ko'rsatgan o'yining yarmini ham ko'rsata olmadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика