So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  2 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

"Neftchi" muxlislari jamoaning ayni damdagi holati bo'yicha qanday fikrda? Yangiliklar

"Neftchi" muxlislari jamoaning ayni damdagi holati bo'yicha qanday fikrda?

Teglar :  Neftchi
Xabaringiz bor, Superliga o'tish o'yinida Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida "Andijon" jamoasini qabul qilib, 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Saytimiz muxbiri mazkur uchrashuvdan so'ng bir necha yillardan buyon Farg'ona jamoasiga muxlislik qilib kelayotgan faol muxlislar bilan intervyu tashkil etdi.

Garchi so'ngi kunlarda yuz bergan voqeliklar farg'onalik muxlislarni ranjitgan bo'lsa ham, ular "Neftchi"ning ertangi kuniga, avvalgi kabi shonli davrlariga qaytishiga ishonishmoqda. Biz bilan suhbatda "Neftchi" fan klubi raisi Alisher Tursunov, faxriy muxlis Kozimbek Ismoilov, shuningdek klubning ashaddiy va eng taniqli muxlislaridan Iqboljon Tursunovlar ishtirok etishdi. Quyidagi jonkuyar muxlislarning fikrlariga quloq tutamiz.

Alisher Tursunov, fan klub raisi: "Futbolga bo'lgan qiziqishim 5 yoshdan boshlangan. O'shanda dadam qo'limdan etaklab "Neftchi" va "Atlaschi" jamoalarining o'yinlariga olib borar edilar. Bilasizmi, "Neftchi" birinchi navbatda Yuriy Sarkisyanni jamoaga qaytarib roziligini olishi kerak. U kishini tajribalari asosida klub akademiyasini rivojlantirish zarur va bugungi kunning talabi. O'z vaqtida futbolchi etishtirish bo'yicha "Neftchi" O'zbekistonda tengsiz hisoblanardi. Klub akademiyasida hozirgi "Nasaf" kabi har yili 3-4 ta taniqli o'yinchi porlab chiqardi. Hozirda bizga jamoada fidoiy futbolchilar kamdek ko'rinmoqda. Bazi futbolchilar bir yillik shartnoma tuzadi, o'xshasa o'xshadi, o'xshamasa keyingi mavsumda boshqa joyda paydo bo'ladi. "Neftchi" uchun borini bergan Andrey Fyodorov, Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev, Mansur Saidov kabi fidoyi futbolchilar hozir bizga etishmayapti.

PRO-Ligadagi so'ngi o'yinlar haqida aytadigan bo'lsam, "Dinamo" bilan bahsda futbolchilar negadir raqibga to'g'ri baho bera olishmadi. Ular bu o'yindan oldinoq g'alaba qozonishlariga ishonib qolishdi, yakunda bu pand berdi. “Turon" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda jamoa durangni ko'zlab maydonga tushgandek ko'rindi. Bilasizmi, bu o'yinda "Turon"ni yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi. Bundan tashqari jamoamizda taktik jihatdan xatoliklar ham bo'ldi. "Andijon" bilan o'yin haqida aytsam, bu uchrashuvda "Neftchi"ning asosiy tarkib futbolchilari Dostonbek Toshmatov, Jamshid Qobulov, SHerzod Abduraimovlarning o'rni yaqqol bilindi. Bu ham etmagandek tezkor yarim himoyachi Rustam Abduhamidovning mashg'ulot vaqtida olgan jarohati o'yin vaqtida o'z tasirini ko'rsatdi. Uning o'rniga tushgan Pavel Smolyachenkoning o'yini chiqmadi, aslida Abduhamidovning o'rniga Islombek Karimovni qo'yish to'g'riroq bo'lardi nazarimda.

Biz ruhiyatni tushirmaymiz, "Neftchi"ning g'alabali kunlari hali oldinda. Ayni damda viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorovning jamoaga bo'lgan etibori yuqori. O'ylaymizki, viloyatimiz rahbari "Neftchi"ni yana avvalgi darajasiga qaytaradi".

Kozimbek Ismoilov, faxriy muxlis: "Bu yil hamma sohalarda bo'lganidek futbolimiz ham pandemiya tufayli kutilmagan qiyinchiliklarga duch keldi. SHunday bo'lsada, CHempionatni yakunlay olganimiz taqsinga sazovor. Albatta PRO liga ham muvaffaqiyatli o'tgan deya olamiz. Biz “Neftchi “ muxlislarining joriy mavsumda niyatlari , orzulari juda katta edi.Umumiy manoda olganda jamoa uchun mavsum muvaffaqiyatli o'tgan desak bo'laveradi. Birinchi bosqichni birinchi o'rinda yakunladi, ohirgi uch tur oldidan yaqin taqibchisini besh ochkoga ortda qoldirayotgan edi. Afsuski, sungi turlarda voqealar keskin tarzda o'zgarib ketdi, super liga yo'llanmasi uchun zarur bo'lgan birgina ochkoni qo'lga kirita olmadik. Hammasi “Neftchi” ning qo'lida edi, buning ustiga viloyat rahbarining jamoani oldingi mavqeyini tiklash haqidagi fikrlari futbolchilarimizga qo'shimcha motivaciya berishi kutilgan vaziyatda jamoadagi ruhiy barqarorlikni etishmasligi, jismoniy toliqish, g'alabaga bo'lgan ishonchni etishmasligi pand berib qo'ydi.

SHu o'rinda musobaqa tashkilotchilariga bazi etirozlarimizni bildirib o'tsak. Musobaqani ikki davrali, uy –safar tizimida o'tkazilishi maqsadga muofiq bo'lar edi. Vaqtning qisqaligi, o'yinlarni uch kunda o'tkazilishi futbolchilarni jismoniy toliqishiga olib kelganligini guvohi bo'ldik. Ayniqsa “Neftchi” uchun eng keraki bo'lgan “Dinamo” ga qarshi bahs bilan “SHo'rtan” ga qarshi qiyin o'tgan o'yin orasida ikki kungina o'tdi holos. Yil o'yini deb tariflangan “Turon”ga qarshi o'yinda esa viloyat bosh jamoasi tarkibida futbolchilar o'ynamadi, maydonda ruhan toliqqan umidsizlikka tushgan futbolchilarni siyrati ko'rindi holos. Bu borada tashkilotchilardan doimiy va ishonchli reglament bo'yicha ish ko'rishlarini so'rab qolardik.
SHuningdek, super va PRO liga vakillarini o'tish o'yini ham faqat rasmiyatchilik deb hisoblayman va chempionatlarimiz tarihida hech bir PRO liga vakili elita jamoasidan ustun bo'la olmagan, “Neftchi”ning so'ngi o'yindagi mag'lubiyatni ham tabiiy hol deb hisoblayman.
“Neftchi” super liga yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan bo'lsada biz muxlislarni ko'nglimiz to'q. Viloyat rahbarligiga futbolni jonkuyarlaridan bo'lgan Xayrullo Xayitboevich keldi. Dastlabki kunlardanoq futbolga, “Neftchi” ga etiborini qaratdi. Albatta tez kunlarda jamoada sezilarli ijobiy o'zgarishlar bo'lishiga ishonamiz, o'sha biz sevgan “Neftchi” yana qaytadi. Bu safar shunchaki emas, yangi tarix yozish uchun, o'zbek futbolida, Osiyo futbolida o'z so'zini ayta olish uchun qaytadi. Farg'ona ko'chalarida bayram yaqin."

Abduvohid Jo'raev, faxriy muxlis:
"Mana bu mavsumni xam yakunlab oldik, ayniqsa bu mavsumning yakuniy kismi, intrigalarga, to'qnashuvlarga boy bo'ldi.Bu yil chempionatimiz saviyasi ozmi ko'pmi kutarilganday bo'ldi, xususan PRO-Ligaga bo'lgan etibor kuchaydi. Bunga sevimli jamoamiz Neftchining intriganing oxirgi turgacha davom ettirishi sababchi bulganidir. Lekin so'nggi turdagi ko'ngilsizliklar sabab "Neftchi" shaniga otilayotgan toshlarni kurib to'g'risi ajablandim. Nahotki bizni boshka viloyatlardagi muxlislar bizni Youperligada kurishni shunchalik xoxlashmasa?
Axir bunaqa xolat xar kanday jamoa bilan yuz berishi mumkinku, agar sizning jamoangiz shunday xolatga tushsa nima kilardingiz? To'g'ri futbolchilarimiz kiziqqonlik kilgandi. Jamoa va uning muxlislari o'zlarining yog'iga o'zlari qovurilib yotgan bir paytda Neftchini chempionatdan xaydashni so'rash to'g'rimikan?
"Oqqan daryo oqaveradi"degan maqol bor, ertadan keyin buyuk tarixga ega bo'lgan "Neftchi" yana o'zini ko'rsatishni boshlasa uyalib qolmaysizlarmikan? Men bu bilan jamoamiz azolarini, klub mamuriyatini, futbolchilar va muxlislarni oqlashdan yiroqman. Albatta futbolchilar va ayrim muxlislar tomonidan o'sha kuni sodir qilingan ishlar to'g'ri emas.

Lekin o'ylab o'yimga etolmayman, futbol ichida sizu biz tushunmaydigan shunaka jumboqlar bo'larkanki, o'zimga savol berib haliyam javob olalmayapman. Nahotki chempionat yakuniga 2 tur qolganida 5 ochko oldinda ketayotgan jamoa boz ustiga so'ngi 2 turni o'z maydonida o'tkazsa, yana atigi 1 ochko,so'ngi o'yinda Turonni o'z maydonida 2 to'p farki bilan yutsayu, o'z maydonida,muxlislari ko'z oldida mag'lub bo'lsa?
Balki bu o'yindagi mag'lubiyatga noto'g'ri taktika tanlangandir,balkim o'yinchilarimizga etarlicha motivaciya berilmagandir, bilmadim yana biz bilmagan boshka sabablari bordir.

Bizning futbolchilar va muxlislar etarlicha jazo olishdi. Iltimos, endi ular haqida yomon gaplar yozishni to'xtatinglar. Bu ko'ngilsizlik shu o'yinning kelib chikishidan paydo bulgani yo'q, bu narsa anchadan buyon futbolimiz ichidagi korrupciya,xakamlarimizning uchrashuvlarni noxolis boshqarishidan shu narsalarni ko'rib barchasi shu o'yinga kelganda portladi.Xudo xoxlasa Neftchimiz yangi murabbiy kul ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Yangi mavsumda muxlislari sevib ardoqlaydigan, o'yinlaridan barcha birdek rohatlanadigan Neftchini ko'rasizlar, biz bunga ishonamiz.

Iqboljon Tursunov, faol muxlis: "Neftchi"ning quyi ligalarda yurishiga sabab Yuriy Sarkisyanning jamoada emasligi deb o'ylayman. Jamoada uning o'rni boshqacha edi, u kishi ketganidan so'ng klubga bo'lgan etibor pasayib ketdi.

"Turon" bilan bo'lgan bahsda "Neftchi"ga g'alaba yoki durang zarur edi. Yakunda esa hammasi boshqacha bo'ldi, biz mag'lub bo'ldik. O'yin harorati sabab o'zimizni to'xtata olmay maydonga tushib ketdik. Biz bu kunlarni "Neftchi"ning ashaddiy muxlislari bilan ikki yil kutdik. SHaxsiy fikrimcha, o'yinnni boshqarib borgan hakam bir oz xatoliklarga yo'l qo'ydi. Albatta, maydonga tushishimiz noto'g'ri bo'ldi, bundan tegishlicha xulosa chiqardik.

Viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorovga farg'onalik muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiramiz. O'ylaymanki, u kishi "Neftchi"ni avvalgi mavqeiga qaytaradi.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика