"Neftchi" Mirzohid G'ofurov bilan shartnomani rasman uzaytirdi
06 dek 2023 20:13
Yangiliklar
"Neftchi" Mirzohid G'ofurov bilan shartnomani rasman uzaytirdi
Futbolchi farg'onaliklar bilan kelishuvni cho'zdi.
"Mirzohid G'ofurov "Neftchi"ning ishonchli o'yinchisi hisoblanadi. Bu yilgi mavsumda erishilgan barcha yutuqlarda uning munosib hissasi bor. SHularni hisobga olib jamoa rahbariyati futbolchining kelasi mavsumda "Neftchi "safida faoliyat yuritish haqidagi xohishi shartnomani uzaytirish yo'li bilan qanoatlantirildi.
Futbolchi o'tgan mavsumda jamoamiz tarkibidagi barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga chiqdi va 2044 daqiqa harakatlanib, hakamlar tomonidan uch bor ogohlantirish kartochkasini olgan,
Biz unga Farg'ona futboli dovrug'i va salohiyatini oshirish yo'lidagi maqsad va shijoatlariga muvaffaqiyat tilaymiz" -deyiladi "Neftchi" klubi bergan rasmiy bayonotda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar