“Neftchi”: Mashg'ulotlar boshlandi, tarkibda yangi o'yinchilar bor
09 dek 2013 20:39
Yangiliklar

“Neftchi”: Mashg'ulotlar boshlandi, tarkibda yangi o'yinchilar bor
Oldindan rejalashtirilganidek, bugun “Neftchi” jamoasi azolari birinchi bo'lib yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Ikki kun oldin Amet Abdullaevich Memet Farg'onaga kelgandi. Erta tongdan esa futbolchilar birin-ketin bazaga to'plana boshlashdi. Tushlikdan keyin murabbiylar shtabining qolgan vakillari – jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Eldar Sakaev, darvozabonlar murabbiyi Vyacheslav Tomilin, va katta murabbiy SHamil Iseevlar Farg'onaga etib kelishdi.
Mashg'ulotdan oldin murabbiylar shtabi kichik yig'ilish o'tkazishdi.
Bugungi mashg'ulotda ikki nafar yangi o'yinchi ishtirok etdi. Bular, yakuniga etgan mavsumni “So'g'diyona”da o'tkazgan Maruf Murodov hamda “Istiqlol” o'yinchisi G'ulomhaydar G'ulomovdir.
Jamoaning qolgan vakillari, Mansur Saidov, Nosir Otaqo'ziev, G'ayrat Hasanov, Baxtiyor Yoqubov, Sardor Mirzaev, SHukurali Po'latov, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Boboxonov, Otabek Isroilov, Farux Turdaliev, Xislat CHilmatov, Sanjar Asqaraliev, Pavel Smolyachenko kabi etakchi futbolchilar mashg'ulotda qatnashishdi. Mavsum-2013ni o'rinbosarlar safida o'tkazgan bir qator futbolchilar ham asosiy tarkib bilan shug'ullanishdi.

Fikrlar