"Neftchi" lageridan daraklar: "Olimpik"dan 2 nafar futbolchi keldi, SHahzod Ubaydullaev safga qaytdi
10 iyu 2022 19:06
Yangiliklar
"Neftchi" lageridan daraklar: "Olimpik"dan 2 nafar futbolchi keldi, SHahzod Ubaydullaev safga qaytdi
"Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabi yozgi davralar oralig'ida reja asosida yig'in o'tkazmoqda.
Poytaxtimizdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 24 iyulgacha o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Mazkur yig'in davomida farg'onaliklar 4 ta nazorat-sinov bahsi o'tkazishni rejalashtirishgan. Mazkur o'rtoqlik o'yinlari 13, 17, 21 va 25 iyul kunlari bo'lib o'tadi, jumladan, 13 iyul kuni Pro liga vakili "Yangier-Quruvchi" klubiga qarshi maydonga tushishadi.
Tarkibdagi o'zgarishlar ham jamoa muxlislarini qiziqtirishi turgan gap, jamoaga xozirgi kunda "Olimpik" klubida to'p tepib kelgan o'yinchilar – himoyachi Sardorbek Mahmudov va yarim himoyachi Xumoyun SHerbo'taev mashg'ulotlarida ko'rinish berdi. Bundan tashqari, hujumchisi SHahzod Ubaydullaev ham kichik jarohatdan so'ng safga qaytgan. O'quv-yig'in mashg'ulotlari davom etmoqda", – deyiladi "Neftchi" matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar