So’nggi yangiliklar

01:58Назорат учрашуви. "Бунёдкор" Косово жамоасидан устун келди  0 00:45Ла Лига. "Атлетико" Мадридда "Мальорка"ни мағлуб этди. Гризманн яна гол урди  10 00:41"Эспаньол" — "Реал". Вальверде, Беллингем, Винисиус ва Мбаппе асосий таркибда  12 00:15ПСЖ йирик хисобда ғалаба қозонди, Дембеле хет-трик қилди, Рамуш эса дублга эришди.  4 23:04"Барселона" собиқ ўйинчиси Артур Ла Лигага қайтди  13 22:41Бундеслига. "Бавария" ва "Хольштейн Киель" ўртасидаги ўйинда 7та гол урилди, "Боруссия" меҳмонда "Хайденхайм"дан устун келди  15 22:08АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Борнмут"дан устун келди, "Эвертон"дан 4:0, "Саутгемптон" ва "Фулхэм"дан меҳмондаги ғалаба  12 21:36Озарбайжон чемпионати. "Сумқайит" ўз уйида "Араз" билан дуранг ўйнади, Жалолиддинов 62 дақиқа ҳаракат қилди  4 21:04"Наполи" Кварацхелиянинг ўрнини Саудия Арабистонидаги ўйинчи билан тўлдиради  2 20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  7 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   5 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  11 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   12 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  1

"Neftchi" iyul oyida "Buxoro" va "Paxtakor" bilan o'ynaydi Yangiliklar

"Neftchi" iyul oyida "Buxoro" va "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov 15-tur doirasidagi “Metallurg”ga qarshi bahsdan so'ng jamoa azolariga qisqa tatil berdi.

“Neftchi” futbolchilari 9 iyul kuni ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish uchun Dukentdagi sport bazasida yig'ilishadi. Oradan uch kun o'tib farg'onaliklar Toshkentda “Futbol-MED” tibbiy ko'rigidan o'tishlari reja qilingan. Dukentdagi tayyorgarlik jarayoni 20 iyulga qadar davom etadi va shu kuni yig'in Toshkent shahrida ko'chiriladi. Toshkent yig'ini doirasida 2 ta o'rtoqlik o'yini rejaga kiritilgan. Dastlab 20 iyul kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazilinadi. 23 iyul sanasida esa Toshkentning “Paxtakor” futbolchilari jamoamizning navbatdagi raqibiga aylanadilar.

O'rtoqlik o'yinlari:
“Neftchi” – “Buxoro” (20 iyul)
“Paxtakor” – “Neftchi” (23 iyul)

“Neftchi” murabbiylar shtabi selekciya jarayoniga zo'r berishgan. Tabiiyki, davralar oralig'ida tarkib kuchaytirilishiga katta urg'u beriladi. Ayni paytda bir qator futbolchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. SHuningdek, tajribali futbolchi Akmal Xolmatov ham ikkinchi davradan jamoamiz sharafini himoya qilishni boshlaydi. Eslatib o'tamiz, mavsum avvalida tarkibga qo'shib olingan Sardor Eminov hamda Ilhom Boydedaevlar katta extimol bilan ikkinchi davrani boshqa jamoalarda o'tkazishadi.

“Neftchi” klubiga oid so'nggi yangiliklarni jamoa rasmiy sayti orqali kuzatib boring!

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика