So’nggi yangiliklar

00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  1 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  2 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9

"Neftchi" - Farg'ona viloyati hokimi kubogi sohibi! Yangiliklar

"Neftchi" - Farg'ona viloyati hokimi kubogi sohibi!

Bugun "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Musobaqa bosh sovrini uchun kechgan bahsda Farg'onaning "Neftchi" va Yaypanning "Turon" jamoasi bahs olib bordilar. Uchrashuvda hisob yaypanliklar tomonidan ochildi. Birinchi bo'limning 15-daqiqasida burchak to'pidan uzatilgan to'pni "Turon" futbolchisi G'olib Sariboev boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni ochdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida "Neftchi" futbolchisi Dostonbek Bobojonov kuchli zarba bilan "Turon" darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

Bellashuvning ikkinchi bo'limi ham qizg'in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi. Har ikki jamoa vakillarida ham raqib darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. 65-daqiqaga kelib "Neftchi" vakillari hisobda oldinga chiqib oldilar, gol muallifi Islombek Karimov bo'ldi. Uchrashuvning so'ngi daqiqalari o'tib borayotgan vaqtda bosh hakam "Neftchi" darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini "Turon" futbolchisi Dilshod Xushbakov aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv shu natija bilan yakuniga etdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida omad farg'onaliklarga kulib boqdi - 4:1. SHu tariqa "Neftchi" musobaqaning bosh sovriniga ega chiqdi.

Final uchrashuvi yakunida "Hokim kubogi - 2020" musobaqasining g'olib jamoalari, shuningdek turnir jarayonida faol mehnat qilgan turli OAV vakillari va bir qator mutasaddi tashkilotlar xodimlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.


"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2020”. Final
“Neftchi” – “Turon” – 2:2
Gollar
: G'olib Sariboev (15), Dostonbek Bobojonov (27), Islombek Karimov (65), Dilshod Xushbakov (90-pen)
Penaltilar bo'yicha 4:1
“Neftchi”: 1. SHerzod Abduraimov, 3. Mirjalol Nematov, 7. Islombek Karimov, 8. Eldor Ergashev, 9. Alisher Abduvohidov, 10. Islom Toshpo'latov, 11. Doston Bobojonov, 13. SHohjahon Ro'zimatov, 18. Javohir Rasulov, 23. Asil G'oyibjonov, 92. Doston Toshmatov.
Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 5. Bobur Isroilov, 15. Jamshid To'raqulov, 20. Abdujalil Manazarov, 22. Dilshod Umrzaqov, 28. Durbek Kamolov, 44. Doniyor Madaminov.
“Turon”: 30. Akmal Ortiqov, 2. Abdulaziz Abduraimov, 5. Oybek Axmatov, 8. Bahodir Akramov, 10. Javohir Sohibov, 14. Doniyor Ismoilov, 15. SHoxrux Xolmatov, 19. Asliddin Toshtemirov, 21. Otabek Miraliev, 23. Xurshid Asqaraliev, 27. G'olib Sariboev.
Zaxira: 12. Mirzohid Jalilov, 7. Muhammadkomil Nizomov, 11. Davron Isaqov, 17. Doston Meliqo'ziev, 19. Dilshod Baratov, 20. Dilshod Xushbakov, 22. Ibrohim Ahmadjonov, 25. Ismoil Oxunjonov, 77. Biloliddin Toshmirzaev.


Bekzod Tolibov tayyorladi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика