So’nggi yangiliklar

12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  1 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  1 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  14 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  22

“Neftchi” – “Dnepr” 1:0 (to'liq sharh) Yangiliklar

“Neftchi” – “Dnepr” 1:0 (to'liq sharh)

Teglar :  Neftchi
Yuqori maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi qizg'in tarzda Oliy liga-2017ga hozirlanmoqda.

Jamoaning ayni paytdagi tayyorgarlik jarayoni Turkiyada davom etayotganidan xabaringiz bor. “Neftchi” klubi ushbu yig'inda bir qator muhim shu bilan birgalikda xar taraflama foydali bo'lgan bellashuvlarda ishtirok etmoqda. Murabbiylar shtabi mazkur o'rtoqlik o'yinlari orqali jamoa o'yinini kuchaytirish, futbolchilarning ham texnik ham jismoniy imkoniyatlarini yanada keng tarzda ochib berish shuningdek tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni jamoaga kirishib ketishi kabi jihatlar ustida ishlashmoqda. Umuman olganda mavsumning xar bir bahsida kuchli va barqaror o'yin namoyish etadigan jamoa o'zagini shakllatirishga katta urg'u berilgan. Kuni kecha “Neftchi” FK yig'indagi dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. Ukrainaning “Dnepr”  CHerkass  klubiga qarshi kechgan raqobatda Andrey Fyodorov shogirdlari g'alabaga erishishdi.

Bahs taqdirini Nikita Pavlenko tomonidan kiritilgan gol hal etdi. Bu gol Nikitaning xorij yig'inidagi yana bir goli sifatida futbolchining statistikasidan joy oldi. Kiritilgan gol Furqat Hasanboevning qanotdan tezlik bilan oldinga o'tishi bilan boshladi. Himoyachining qanotdan havolatib tashlab bergan to'pini SHerzod Hakimov boshi bilan Pavlenkoga yo'naltirib berdi. Nikita esa mazkur vaziyatda darvoza tomon mohirlik bilan zarba yo'lladi va hisobni ochdi. “Neftchi” o'yinda quyida tarkibda o'ynadi.

Asosiy tarkib: O'tkir Yusupov, Terentiy Lucevich, Sergey Koncevoy, Dilyor Irmatov, Furqat Hasanboev, Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Abbos Maxstaliev, Nikita Pavlenko, Dmitriy Komarovskiy, SHerzod Hakimov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Qulmatov, Abdurahmon Abdulhaqov, Said Abdujabborov,  Damir Nizanov, Abdujamol Isroilov, Mo'ydin Mamazulumov, Umid Qodirov

Navbatdagi o'rtoqlik bahsi 17 fevral kuni bo'lib  o'tadi. Galdagi raqib Ukrainaning “Stal” Dneprodzerjinsk jamoasi hisoblanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика