So’nggi yangiliklar

14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  5 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  5 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  6 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6

"Neftchi" darvozasini eng ko'p qo'riqlagan posbon 45 yoshda! Yangiliklar

"Neftchi" darvozasini eng ko'p qo'riqlagan posbon 45 yoshda!

Bugun yaqin o'tmishning taniqli darvozabonlaridan biri Georgiy Zabirov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

U bugun 45 yoshga to'ldi. Zabirov 1974 yilning 1 iyun kuni Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida dunyoga kelgan. Futbolchilik faoliyatini "CHirchiq" jamoasida boshlagan Georgiy keyinchalik "Paxtakor", "Binokor", MHSK, "Kimyogar", "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" klublari sharafini himoya qilgan. 2000-2002 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan. Eng gullagan davri 1996-2004 yillar oralig'iga to'g'ri keladi. Zabirov aynan shu yillarda shonli "Neftchi" safida o'ynagan. 2001 yil O'zbekiston chempioni bo'lgan. U "Neftchi" tarkibida 204 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 171 ta gol o'tkazib yuborgan.

"Neftchi" safidagi ishonchli o'yinlari sabab 2000 yilda milliy terma jamoadan chaqiruv oladi va Osiyo Kubogi-2000da maydonga tushadi. Lekin xuddi terma jamoamizda bo'lgani kabi ishtirok omadsiz chiqqan. Georgiy Zabirov 2006 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003 va 2004 yillarda O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan. 1997, 1998, 2001 va 2002 yillarda esa O'zbekiston kubogining finalida o'ynagan.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Georgiy Zabirovni saytimiz ijodiy guruhi hamda o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика