So’nggi yangiliklar

13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  2 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  1 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  21 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  33 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  20 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  9 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  23 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  39

"Neftchi": "Biz uchun faqat g'alaba kerak" Yangiliklar

"Neftchi": "Biz uchun faqat g'alaba kerak"

Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan markaziy o'yin "Vodiy derbisi" maqomidagi "Navbahor" - "Neftchi" bahsi bo'lib o'tadi.

15 avust, 2015. 18:00.  Namangan shahri.

“Navbahor” stadioni.

18-tur. NAVBAHOR (Namangan) – NEFTCHI (Farg'ona).

Bosh hakam: R. Ermatov (Toshkent)

Assistentlar: A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent),

Zahiradagi hakam: A. Nadjafaliev (Toshkent)

Nazoratchi: A.Popov (Tashkent).

O'zPFL vakili:  F. Magametov.

Tahminiy tarkib.

"NEFTCHI": #30. Evgeniy CHeremisin, #3. SHukurali Po'latov, #5. Bahtiyor Yoqubov, #8. Akmal Xolmatov, #15. Adrian Kashkaval,  #21. SHerzod Hakimov, #20. Dilyorbek Ermatov, #22. Ro'zimboy Ahmedov, #32. Jahongir Mehmonov, #33. Sardor Rahmonov, #38. Abbos Maxstaliev,

Zaxira: #1. Sergey Smorodin, #10. Murod Bobojonov, #18. Javohir Rasulov, #44. Umid Qodirov. 

P.S.

Qadrli futbol ishqibozlari. Saytimizda  bo'lib o'tadigan uchrashuv xaqida va boshqa jamoaga taluqli bo'lgan o'z fikrlaringizni bayon etish imkoniyati yaratilgan. Sizlardan kommentlar kutib qolamiz.

  O'zbekiston chempionatining ikkinchi davrasi “Neftchi” uchun juda ham yomon boshlandi. G'uzordaga kutilmaganda,  sharmandalarcha yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashimiz va 17-turda  Farg'onadagi alamli natija klub va muhlislarni sarosimaga solib qo'ydi. So'nggi ikki turdagi salbiy natija birinchi davradagi barcha hursandchilikga  dog' tushirdi. Klub azolari va muhlislari umid qiladilarki, jamoamiz xuddi “Paxtakor” va “Nasaf”dan uchragan ketma-ket alamli mag'lubiyatlardan so'ng, kerakli  saboq chiqarib,  o'z qaddini tiklab, safarda, “Vodiy derbisiy”da “Andijon”ni mag'lub etgani singari,  Namanganda ham o'z so'zini aytadi.

  18-turdan o'rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvi har ikki tomon uchun ham juda ham muhim. Namangandagi uchrashuv “Vodiy derbisi” maqomini olishi ham bu o'yinga bo'lgan  etibor kattaligini bildirmoqda. Agar ”Vodiy derbilari” tarixiga  nazar solsak, ko'ramizki Farg'onaliklar “Navbahor” va ” Andijon” jamaolaridan katta farq bilan ilgarilab ketishgan.  Etirof etib  aytish mumkinki, futbolchilarimiz birinchi davrada rejalashtirilganday  peshqadamlar safida tugatishdi. Umid qilamizki Namanganda ham xuddi birinchi davradagi singari  yuqori saviyada o'ynab, o'z mavqeimizni yaxshilash yo'lidagi  qadamlarimizni davom etamiz.

  CHempionatning birinchi davrasida Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan  uchrashuvda  “Navbahor” ustidan kichik xisobda (1:0) g'alabaga erishgan edik. Umid qilamizki shanba kungi uchrashuvda yigitlarimiz yana ham qiziqroq va shiddatoliroq o'yin ko'rsatishib, o'z muhlslarini hursand qilishadi.

  Endi “Neftchi” – “Navbahor” jamoalarining o'zaro uchrashuvlari xaqidagi malumotlarni ko'rib chiqaylik.

  Jamoalar  O'  YU  D  M  T/F   O

1.NEFTCHI  47  24  12  11  73–47=+26  84 

2.NAVBAHOR  47  11  12  24  47–73= -26  45 

Farg'onaliklar O'zbekiston chempionatida mehmonda “Navbahor”  bilan bo'lib o'tgan 23 uchrashuvning 5tasida farg'onaliklar g'alaba qozongan, 9 uchrashuvda  durang natijasi qayd etilgan. 9 o'yinda esa  namanganliklar muvaffaqiyat qozongan.

Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv  natijalari:

29.03.2014. “Navbahor” - Neftchi 1:1
10.08.2013. “Navbahor” - Neftchi 1:1
16.06.2012. “Navbahor” - Neftchi 1:0
20.06.2011. “Navbahor” - Neftchi 1:2
29.05.2010. “Navbahor” - Neftchi 1:1

“Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1ga teng. “Navbahor”ning eng yirik g'alabasi 3:0.

G'alaba hamisha senga yor bo'lsin “NEFTCHI”!!!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика