So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Neftchi": Birinchi o'yinda 7:1, ikkinchisida nursiz durang Yangiliklar

"Neftchi": Birinchi o'yinda 7:1, ikkinchisida nursiz durang

“Neftchi” jamoasi “Farg'ona vodiysi kubogi”dagi ishtirokini davom ettirmoqda.

YIRIK G'ALABA  

“Neftchi” jamoasi “Farg'ona vodiysi kubogi”dagi ishtirokini boshladi. Ilk bellashuvda Bahrom Haydarov shogirdlari “Batken” jamoasi bilan raqobat olib borishdi. O'yinda o'zbekistonlik futbolchilar yirik 7:1 natijasida yirik g'alabani tantana qilishdi. Gollarga Abdurahmon Abdulhaqov, Doston Abdurahmonov, Andrey Sidorov, Jamshid Qobulov, Islom Toshpo'latovlar mualliflik qilishgan bo'lsa, Boburbek Yuldashev dubl qayd etdi.

“Neftchi” murabbiylari bellashuvda quyidagi tarkibdan foydalandilar:

Asosiy tarkib: Abdumavlon Abdujalilov, Jalil Kimsanov, SHukurali Po'latov, Dilyor Irmatov, Xusniddin G'ofurov, Abrorbek Ismoilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Andrey Sidorov, Boburbek Yuldashev, Xurshid Asqaraliev, SHerzod Hakimov

Zaxira: Farrux Turdaliev, Anvar Berdiev, SHodiyor Xojimatov, Jamshid Qobulov, Doston Toshmatov, Elamon Karimov, Avazbek Mamatxo'jaev, Doniyor Adilov, Ilxom Ibragimov,. Doston Abdurahmonov, Islom Toshpo'latov

 


Nursiz durang

Qirg'izistonda davom etayotgan "Farg'ona Vodiysi kubogi" o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda. Birinchi o'yinda "Batken" klubi bilan raqobat olib borgan farg'onaliklar galdagi uchrashuvda O'shning "Alay" jamoasi bilan kuch sinashdilar. O'yinda hisob ochilmadi. 0:0.

O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Aytish kerakki, "Alay" qo'shni Respublikaning eng kuchli va etakchi jamoalaridan biri sanaladi hamda tarkibida bir qator xorijlik legioner futbolchilar to'p surishadi. Umuman olganda, Superliganing navbatdagi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" jamoasi uchun Batkendagi xalqaro turnir juda foydali bo'lmoqda.

Birinchi o'yinda ishtirok etgan Abror Ismoilov hamda Husniddin G'ofurovlar jamoa safini tark etishdi. Boisi, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning mart oyida Osiyo chempionati saralashida maydonga tushadi. Saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Olimpiya terma jamoamiz ertaga Toshkentda yig'inni boshlaydi. G'ofurov hamda Ismoilov aynan ushbu yig'inga jalb qilindi. Doston Tursunov esa Ektor Kuper boshchiligidagi MTJ yig'inida qatnashayotganidan xabaringiz bor. Undan tashqari deyarli aksar asosiy tarkib vakillari Qirg'izistondagi turnirda bo'lib turishibdi.

Bahrom Haydarov o'shliklarga qarshi o'yinda quyidagi tarkibni sinovdan o'tkazdi:

Asosiy tarkib: Abdumavlon Abdujalilov, Jalil Kimsanov, SHukurali Po'latov, Avazbek Mamatxo'jaev, SHodiyor Xojimatov, Doston Abdurahmonov, Abdurahmon Abdulhaqov, Andrey Sidorov, Boburbek Yuldashev, Doston Toshmatov, SHerzod Hakimov

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Farrux Turdaliev, Anvar Berdiev, Jamshid Qobulov, Elamon Karimov, Doniyor Adilov, Ilxom Ibragimov, Islom Toshpo'latov, Xurshid Asqaraliev, Dilyor Irmatov

SHuningdek, 2006 yilda tug'ilgan futbochlilardan iborat "Do'stlik" jamoasi ham "Alay" tarbiyalanuvchilari bilan 1:1 natijasida durang qayd etishdi

"Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика