So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  0 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  99 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

"Neftchi" 2011 yildan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti, "Surxon" "Nasaf"ni faqat bir marta mag'lub etgan - Superliga 8-tur prevyusi Yangiliklar

"Neftchi" 2011 yildan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti, "Surxon" "Nasaf"ni faqat bir marta mag'lub etgan - Superliga 8-tur prevyusi

Bugun O'zbekiston Superligasida 8-tur o'yinlari start oladi. Tur prevyusi bilan tanishing.


"Qizilqum" – "Olimpik"
18 may. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: To'rabek Suyunov
Qanot hakamlari: SHohruh Azamov, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Nayim Qosimov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Zilola Rahmatova
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov

"Qizilqum" - "Olimpik" hozirga qadar 4 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Ikki marta Navoiy klubi g'olib bo'lgan, bir marta olimpiyachilar zafar quchishgan va yana bitta o'yinda durang qayd etilgan. O'tgan mavsum "Qizilqum" bu jamoa darvozasiga gol ura olmagan.



"Andijon" – "Metallurg"
18 may. Andijon. "Bobur Arena". 19:00
Bosh hakam:
Sultonmurod Abdurahmonov
Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Oybek Yunusov


"Andijon" - "Metallurg" bugungacha O'zbekiston chempionati doirasida 42 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 18 marta bekobodliklar, 13 marta andijonliklar 3 ochko egasiga aylanishgan. Qolgan 11 ta o'yinda tomonlar durang qayd etishgan. Oxirgi 6 to'qnashuvning faqat bittasida "burgutlar" g'olib bo'lishgan. Yagona g'alaba o'tgan yil Andijonda qo'lga kiritilgan - 5:0.




OKMK – "So'g'diyona"
19 may. Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:00
Bosh hakam
: G'ayrat Jo'raev
Qanot hakamlari: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Sanjar Nazarov
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Husan Xudoyberdiev
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Davron Ibrohimov

OKMK hamda "So'g'diyona" O'zbekiston chempionatida bugungacha 30 bor to'qnash kelishgan. 12 uchrashuvda olmaliqliklar g'olib bo'lishgan, 10 ta bahsda jizzaxliklar g'alabani tantana qilishgan bo'lsa, qolgan 8 o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. OKMK oxirgi 4 ta o'zaro o'yinning barchasida bu jamoani mag'lub etgan.



"Navbahor" – "Neftchi"
19 may. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: Aziz Asimov
Qanot hakamlari: Avaz Abdullaev, Oybek Kalaxo'jaev
Zaxira hakami: Farruh Yansupov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohruh Said

"Navbahor" va "Neftchi" bugunga qadar 58 marta to'qnash kelishgan. 26 o'yinda farg'onaliklar, 14 ta bahsda namanganliklar 3 ochko egasiga aylanishgan. Qolgan 1o'yinda g'olib aniqlanmagan. "Neftchi" Namangandan so'nggi bor 2011 yilda g'alaba bilan qaytgan. Bu jamoalar o'rtasidagi Namanganda o'tgan oxirgi 4 ta o'yinning barchasi durang bilan tugagan.



"Dinamo" – "Paxtakor"
20 may. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00
Bosh hakam:
Akmal Rahimov
Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Zokir Sapoev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Andrey Capenko
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: SHerzod Rajabov

"Dinamo" hamda "Paxtakor" O'zbekiston chempionati doirasida 50 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 39 bahsda toshkentliklar, 6 ta o'yinda samarqandliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 5 uchrashuvda tomonlar murosaga kelishgan. "Dinamo" chempionat doirasida so'nggi bor o'z maydonida 2010 yilgi mavsumda bu raqibni mag'lub etgan. "Paxtakor" oxirgi 4 ta o'yinning barchasida bu jamoani mag'lub etgan (chempionat doirasida).



"Surxon" – "Nasaf"
20 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: Ilgiz Tantashev
Qanot hakamlari: SHohnur Yuldashev, Alisher Rahimqulov
Zaxira hakami: Sardor Mirodilov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Vladimir Nazarov

"Surxon" va "Nasaf" klublari hozirga qadar 26 marta to'qnash kelishgan. 21 ta o'yinda qarshiliklar zafar quchishgan, 4 bahsda durang qayd etilgan. Termiz klubi chempionat doirasida faqat bir marta bu raqibdan ustun kelgan (1999 yil). "Ajdarlar" so'nggi 4 uchrashuvning barchasida bu jamoani mag'lub etishgan.



"Bunyodkor" – "Lokomotiv"
21 may. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: SHavkat Nasibullaev
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov

"Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" O'zbekiston chempionati doirasida bugungacha 32 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 12 uchrashuvda "qaldirg'ochlar", 11 ta bahsda "temiryo'lchilar" g'olib bo'lishgan. Qolgan 9 o'yinda durang qayd etilgan. "Lokomotiv" bu jamoa maydonidan so'nggi bor 2018 yilgi mavsumda g'alaba bilan qaytgan.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика