Nazorat uchrashuvi. "So'g'diyona" "Paxtakor" o'rinbosarlarini mag'lub etdi
24 jan 2014 13:37
Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "So'g'diyona" "Paxtakor" o'rinbosarlarini mag'lub etdi
Bugun Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Toshkentda ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Davron Fayziev shogirdlari kecha Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'yin o'tkazib 0:0 hisobida durang qayd etishgandi.
Bugun esa jizzaxliklar fevral oyida Italiyada tashkil etiladigan "Koppa Karnavale" kubogida ishtirok etadigan "Paxtakor" o'rinbosaralari bilan bellashishdi. Bahsda yosh "paxtakorchilar" 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Ibrohim Abdullaev va Javohir Siddiqov gol urishdi. Oliy liga vakili shundan so'ng uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Dilshod Umarxonov dublga erishgan bo'lsa Nodir Ibragimov bitta to'p kiritdi - 3:2.
"So'g'diyona" - "Paxtakor" yoshlar - 3:2
Gollar: Dilshod Umarxonov (2ta), Nodir Ibragimov - Ibrohim Abdullaev, Javohir Siddiqov.

Fikrlar