So’nggi yangiliklar

11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  0 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1

Nazorat uchrashuvi: “SHarja” – “Bunyodkor” 1:3 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “SHarja” – “Bunyodkor” 1:3

Teglar :  BunyodkorSHarja
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini mahalliy “SHarja” klubiga qarshi o'tkazdi.

Qiziqarli va hujumlarga boy tarzda o'tgan bahsda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” raqiblarini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Dostonbek Hamdamov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 29-daqiqada Qodirqulov-Toshmatov kombinaciyasini Murodjon gol bilan yakunlab, hisobni 2:0ga oshirdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida SHoxruh Gadoev chamasi 24 metrlar uzoqlikdan “SHarja” darvozasini aniq nishonga oldi – 3:0. 84-daqiqada amirliklar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. 11 metrlik nuqtadan Yusuf Said hisobni qisqartiruvchi golga mualliflik qildi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” BAA yig'ini doirasidagi uchinchi uchrashuvida g'alaba qozondi.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” bungacha Xitoyning ikki klubi – “CHuncin Lifan” (0:0) va “SHandun Lunen” (4:0) jamoalari bilan kuch sinashib, bir durang va bir g'alaba qayd etishdi.

Nazorat uchrashuvi
SHarja. "Holid bin Muhammad" stadioni
“SHARJA” – “BUNYODKOR” 1:3 (0:2)
Gollar:
Dostonbek Xamdamov 6 penalti (0:1), Murodjon Toshmatov 29 (0:2), SHoxruh Gadoev 76 (0:3), Yusuf Said 84 penalti (1:3)
“SHarja”: Odil Al-Xusayni, Hassan Solih, Lulino, Omar Juma, Abdulloh G'anim, Otabek SHukurov, Velliton, Muhammad Jabir, Suxail Al-Mansuri, Hamad Ibrohim, Eysa Ahmad
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdulloh Yusuf, Holid Al-Rizo, Yusuf Bilol, Majid surur, Said Yusuf, Ahmad Al-Rizo, Ali Al-Zanxani, Muhammad Ibrohim, Muhammad Saif, Ibrohim Jamal
“Bunyodkor”: Suhrobjon Sultonov, Anvar G'ofurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Jovlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov, Dostonbek Hamdamov, SHahzodbek Nurmatov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Sardor Sobirxo'jaev, Davronbek Umirov, Filip Raevac, Rasul Yuldoshev, Artyom Gabelok, Mirjahon Mirahmadov, Abdulla Abdullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Xurshid G'iyosov, SHoxruh Gadoev


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика