So’nggi yangiliklar

09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  0 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum” - “So'g'diyona” - 2:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum” - “So'g'diyona” - 2:1

“Qizilqum” jamoasi 20 yanvardan boshlab uchinchi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.
Konchilar yig'in doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdilar.
 
26 yanvar kuni Yuriy Lukin shogirdlari Navoiy shahrida bo'lib o'tgan bu galgi o'rtoqlik o'yinida Jizzaxning “So'g'diyona” futbolchilari bilan kuch sinashdilar. Qiziqarli va hujumkor ruhda kechgan bahsda navoiyliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
 
Dastlab birinchi bo'limda konchilardan Alisher Xoliqov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida Ruslan Vagapov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
 
Uchrashuv tugashiga o'n daqiqa qolganida Turg'un Qobilov o'rtadagi farqni bittaga qisqartiridi - 2:1. O'yin oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi.
 
“Qizilqum” jamoasi bosh murabbiy Yuriy Lukin “So'g'diyona”ga qarshi quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalandi:
 
Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Mirjalol Qurbonov, Akmal Xoliqov, Asqar Muhiddinov, Eldor Boymatov, Farruh Haydarov, Ruslan Vagapov, SHerali Jo'raev, Vladimir SHishelov, Alisher Xoliqov.
 
Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Makosin, G'ayrat Jumaev, Azizjon Abdullaev, Navro'z Alimov, Fayzulla Qambarov, Jamshid SHoxnazarov, Ruslan Sanaev, Azizbek Usmonov.
 
Gollar: Alisher Xoliqov (31-pen), Ruslan Vagapov (75) - Turg'un Qobilov (80).
 
Rejaga muvofiq, “Qizilqum” jamoasi 2 fevralga qadar mashg'ulotlarni Navoiyda davom ettirishadi. 3 fevraldan boshlab konchilar poytaxtda yig'in tashkil etishni rejalashtirishgan.
 
Mazkur yig'in doirasida Yuriy Lukin shogirdlari oltita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. Ular poytaxtdagi ilk sinov-nazorat uchrashuvini “Olmaliq” vakillariga qarshi o'tkazishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика