So’nggi yangiliklar

08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  2 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Buxoro" - 2:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Buxoro" - 2:1

Xabar qilganimizdek, 8 mart kuni Qiziltepa tumani markazidagi "Do'stlik" stadionida "Qizilqum" va "Buxoro" jamoalari o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdilar.
Bu o'yin har ikki jamoa vakillari uchun O'zbekiston XXIV milliy chempionati oldidan oxirgi nazorat uchrashuvi vazifasini o'tab berdi.

SHiddatli va keskin bahslarga boy kechgan bahsni oliy toifadagi hakam Rustam Bobomurodov (Navoiy) boshqarib borgan bo'lsa, laynsmenlar Obid Jumaev hamda Ruslan Samandarovlar unga ko'maklashdi.

Uchrashuvda har ikki jamoa bosh murabbiylari ham eng sara tarkibni maydonga tushirganligi diqqatga molikdir. O'yinni ob-havo bir muncha salqin bo'lishiga qaramasdan olti mingdan ziyod muxlis stadionning o'zidan turib kuzatishdi.

Ilk daqiqalardan boshlab tashabbusni o'z qo'liga olgan navoiyliklar maydonda  o'z ustunliklarini namoyish etdi. 25-daqiqada  ukrainalik hujumchi Vyacheslav SHevchenko hisobni ochgan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tgach, Bahriddin Vahobov hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi.

Tanaffusdan so'ng,  buxoroliklar imkon bo'ldi deguncha hujumkorlikka zo'r berishdi. Bu 57-daqiqada o'z samarasini berdi. “Buxoro” yarim himoyachisi Evgeniy Kochnev o'rtadagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida har ikki jamoa azolari hujumkorlikni oshirgan bo'lishlariga qaramay, hisob boshqa o'zgarmay qoldi - 2:1.

O'yin fotogalereyasi

  HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

O'rtoqlik uchrashuvi.
2015 yil 8 mart
"Qizilqum" (Navoiy) - "Buxoro" (Buxoro) - 2:1 (2:0).
Qiziltepa. "Do'stlik" stadioni.
Hakamlar:
Rustam Bobomurodov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov.
Gollar: Vyacheslav SHevchenko (25), Bahriddin Vahobov (30) - Evgeniy Kochnev (57).
"Qizilqum": Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Fayzulla Qambarov, Azizbek Usmonov, Georgiy Kvesieshvili, Alisher Sanoev, G'ayrat Jumaev, Andrey Derkach, SHerali Jo'raev, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Makosin, Jamshid SHohnazarov, Sarvarjon Xolmatov, Asqarjon Muhiddinov, Feruz Boboqulov, Farruh Haydarov, Ruslan Sanaev.
"Buxoro": Farrux Turdialiev, Azamat SHaripov, Saidkomil Akbarov, Otabek Narzullaev, Jamoliddin Ubaydullaev, Vitaliy  Plamadeila, Dilyaver Abibullaev, Suhrob Nematov, Islom Xoliqov, Alibobo Rahmatullaev, Otabek Isroilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aleksandr Korneychuk, Evgeniy Kochnev, Akobir To'raev, Ravshan Aslonov, Jamshid  Hasanov, Temur Turdiev, Vyacheslav Ponomaryov.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" futbolchilari O'zbekiston XXIV milliy chempionati dastlabki turida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu o'yin 14 mart kuni Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonida o'tkaziladi. Uchrashuv soat 17.00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика