Nazorat uchrashuvi. Irtish - Nefteximik 2:0, Baqoevdan gol
21 jan 2014 17:45
Yangiliklar


Nazorat uchrashuvi. Irtish - Nefteximik 2:0, Baqoevdan gol
Qozog'istonning Irtish klubi Turkiyadagi yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini Rossiyaning Nefteximik klubiga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuvda Pavlodar klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkala golda ham o'zbekistonlik hujumchi Ulug'bek Baqoev ishtirok etganini takidlash lozim. Birinchi to'pni o'zi raqib darvozasiga kiritgan bo'lsa, ikkinchi gol bo'lgan vaziyatda uning zarbasidan so'ng himoyachi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

Fikrlar