So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Nazorat uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi "So'g'diyona"ga yutqazdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi "So'g'diyona"ga yutqazdi

Teglar :  So'g'diyonaDinamo
Ayni damda milliy chempionatimizda tanaffus yuzaga kelganligi va futbolchilar o'yin amaliyotini yo'qotmasligi uchun “So'g'diyona” bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan.

Kuni kecha "So'g'diyona" Samarqand shaxriga safar qildi va “Dinamo”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. O'yin qiziqarli va shiddatli bo'ldi. Birinchi bo'limda  Ilhom Yunusov jarima maydonini ichida  Izzatilla Abdullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi  hakam “Dinamo” darvozasiga penalti belgiladi . Vaziyatdan foydalangan Nikola Milinkovich 18-daqiqasida hisobni ochdi.  Bahsning 31-daqiqasida Izzatilla Abdullaevning uzatmasidan so'ng  SHoxruz Norxonov “Dinamo” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. O'yinning ikkinchi bo'limida bosh murabbiy Sergey Lushchan yosh futbolchilarga imkoniyat berdi. Bahsning  ikkinchi bo'limda boshqa gol kiritilmadi  va o'rtoqlik uchrashuvida “So'g'diyona”ning qo'li baland keldi. 0:2

Malumot o'rnida, kechagi bahsni  Kim Dong-Xi jarohati sabab, Darvidas Sernas esa Litva terma jamoasidan chaqiruv olgandigi sabab  o'tkazib yuborishdi. “So'g'diyona” navbatdagi nazorat uchrashuvini  6 sentyabr kuni  Toshkentda “Paxtakor” ga qarshi o'tkazadi.


17:30 “Dinamo” stadioni  

«Dinamo» - «So'g'diyona» 0:2

Hakamlar:
Jasur Qudratov SHerzod Qamarov Sardor Hakimov Aziz Axtamov

Nazoratchi: X.S Muxtorov.

Gollar: Nikola Milinkovich (18 pen) SHoxruz Norxonov 31

“Dinamo”: SHoxrux Raimov, Xakimjon Alamxonov, Avaz Agaliev, Otabek Narzullaev ,Ilxom Yunusov(s) ,Suxrob Izzatov, Abbos Jumaqulov, Damir Temirov, Jasur Azimov, Viktor Gregorev, Sanjar Baratov.  

Zaxira: SHoxrux Eshbo'taev, SHerzod Jalilov, Jasur Ashurov, Akmal Xolmurodov, Pavel Purishkin, Firdavs Abdusalimov, Komil SHarafutdinov.

“Co'g'diyona”: SHirinboy Abdullaev ,Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Sardor Azimov ,SHoxruz Norxonov, SHaxboz Jo'rabekov, Sanjar Rashidov, Izzatilla Abdullaev ,Milosh Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Xasanov.

Zaxira: Milan Mitrovich, Toxir SHamshitdinov, Saxob Rashidov, Oybek Nurmatov, Ixtiyor Toshpo'latov, SHoxjaxon Xasanov ,Siroj Meliev.

Ogohlantirishlar: SHoxruz Norxonov, Sardor Azimov, Sardor Qulmatov, Nikola Milinkovich, Oybek Nurmatov.

CHetlatish: Firdavs Abdusalimov (2 sk )

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика