So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  9 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Nazorat uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Qizilqum” 3:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Qizilqum” 3:1

Teglar :  BunyodkorQizilqum
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

“Qaldirg'ochlar” 25 yanvar kuni ham “Qizilqum” klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, Jovlon Ibrohimov va Javohir Qahramonovning gollari evaziga raqibni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Oradan uch kun o'tib, bu ikki jamoa yana o'zaro uchrashuv o'tkazishdi. Bu safar ham Sergey Lushchan shogirdlari g'alaba qozonishdi. Birinchi bo'lim oxirlarida Dostonbek Hamdamov jarima zarbasidan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay navoiyliklar Maksim Yurkuning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. Tanaffusdan keyin Jovlon Ibrohimov uzoq masofadan Erkin Jabborov qo'riqlagan darvozani aniq ishg'ol qildi. Biroz o'tib, Otabek SHukurov boshlagan hujumni Eldor SHomurodov davom ettirdi va hujumdagi sherigi Javohir Esonqulovni qulay vaziyatga chiqardi. Esonqulov esa yakuniy natija 3:1 bo'lishini taminladi.

O'rtoqlik uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “QIZILQUM” 3:1 (1:1)
Gollar:
Dostonbek Hamdamov, Jovlon Ibrohimov, Javohir Esonqulov – Maksim Yurku
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Otabek SHukurov, Jovlon Ibrohimov, Alisher Sanoev, Dostonbek Hamdamov, Eldor SHomurodov, SHahzodbek Nurmatov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Xamroev, Xurshid G'iyosov, SHoxruh Gadoev, Nurillo To'xtasinov, Javohir Esonqulov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика