Nazorat uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Buxoro” 1:1
07 okt 2015 19:11
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Buxoro” 1:1
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi terma jamoamiz ishtirokidagi o'yin tufayli yuzaga kelgan tanaffus paytida “Buxoro” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashdi.
Bunyodkor” futbol maktabi maydonida o'tgan bahsda kuchlar teng keldi – 1:1. Har ikkala gol ham uchrashuvning birinchi bo'limida kiritildi. Dastavval, Anvar G'ofurov tomonidan oshirilgan to'pni Rustamjon Ashurmatov boshi bilan buxoroliklar darvozasiga aniq yo'llab, hisobni ochishga erishdi. Lekin oradan ko'p o'tmay Suhrob Nematov penaltidan o'rtadagi muvozanatni tikladi – 1:1. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar tarkiblarida bir qancha futbolchilar maydonga tushishgan bo'lsa-da, hech kimga hisobni boshqa o'zgartirish nasib etmadi.
Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” 25-tur uchrashuvini 12 oktyabr kuni Samarqandda “Dinamo” klubiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar