So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Nazorat o'yini. Eldor SHomurodov "Olimpiko"da "1+1" qayd etgan o'yinda "Roma" yirik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Nazorat o'yini. Eldor SHomurodov "Olimpiko"da "1+1" qayd etgan o'yinda "Roma" yirik hisobda g'alabaga erishdi

"Olimpiko" stadionida "Roma" "Engilmaslar Kubogi" doirasida Kasablankaning "Raja" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Roma" (Italiya) - "Raja" (Marokash) 5:0

Gollar: SHomurodov (17, 1:0), Manchini (20, 2:0), Mxitaryan (48, 3:0), Karlos Peres (85, 4:0), Borxa Mayoral (89, 5:0).

"Roma" - Rui Patrisiu (Daniel Fusato, 60), Rik Karsdorp (Ebrima Darbo, 70), Janluka Manchini (Nikola Zalevski, 60), Kris Smolling (Marash Kumbulla, 59), Brayan Kristante, Matias Vina (Ibanes, 60), Jordan Veretu (Rikardo Kalafiori, 60), Nikolo Zanolo (Amadu Diavara, 60), Genrix Mxitaryan, Stefan El SHaaravi (Karles Peres, 46), Eldor SHomurodov (Borxa Mayoral, 60).

"Raja" - Anas Zniti, Maruan Xadxudi (Sumalia Outarra, 76), Abdelilax Madkur, Muxsin Mutali, Abdelilax Hafidi, Zakariya Vardi (Ayyub Nanax, 76), Fabris Ngoma (Muhammad Azrida, 60), Muhammad Naim, Muhammad Subul (Ilias Xaddad, 76), Mahmud Benhalib (Abdulloh Farah, 63), Sofyan Rahimi.

Ogohlantirish: Genrix Mxitaryan (4), Zakariya Vardi (11), Muhammad Subul (63).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Bizni kuzatganingiz uchun rahmat. Sizlar bilan matnli translyaciyani amalga oshirgan va videolar hamda rasmlarni sizlarga tezkorlik bilan etkazishga harakat qilgan Mirjalol Normatov bo'ldi.

89. GOOOOOOOLLLL!!! SHomurodovning o'rniga tushgan Mayoral ham o'z hisobiga gol yozib qo'ymoqda.

85. GOOOOOOOLLLL!! Peresdan ajoyib zarba va chiroyli gol!

82. ZARBAAAAA bo'lmadi... Qanotdan oshirilgan to'pni Fusato qaytarishda xatolikka yo'l qo'ydi. Bo'sh qolgan darvozaga to'pni tepa olishmadi oq libosli futbolchi.

80. "Roma" o'yinning 70 foizini himoyada o'tkazmoqda. Bunday uslub bilan A Seriya jamoalari qiynab qo'yishi aniq.

75. ZARBAAAAAAAA!! Kalafiorining zarbasi raqib darvozasi ustidan o'tib ketdi.

73. UXXXXX!! Kalafiori qanotdan kuchli zarba bilan markaz tomon to'pni tepdi. To'p raqibiga tegib, darvoza yonidan o'tib ketdi.

70. Jamoalarga suv ichib olishlari uchun vaqt berildi.

Bu kichik xazilimizni ko'pchilik ertalab o'qigan bo'lsa kerak) Ko'pchilik uchun o'yin tugab bo'lganligini bilib turibmiz.


66. Manchinining zarbasi noaniq ketdi.

60. "Roma" tarkibida bir necha o'zgarishlar bo'ldi. SHomurodov zaxiraga olindi. "Bugunga 1+1 etadi. Raqibni biroz hurmat qil Eldor" dedi menimcha Mourino.

58. Kristantening qanotdan hujumdagi Mxitaryan tomon uzatgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

56. "Roma" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.

54. ZARBAAAAA!! SHomurodovning zarbasi biroz noaniq ketdi....

52. SHomurodoooovvvvv!!! Dahshat bo'lardi urganida...


51. Kris Smolling himoyachi ekanligi bilinib qoldi. 3 metrdan boshi bilan deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. Kris Eldordan nimalarnidir o'rganishi kerakka o'xshaydi) 

48. GOOOOOLLLLL!!! Genrixdan gol Eldordan assist!


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytishdi. SHaaravi o'rniga Peres maydonga tushdi.

Tanaffus!

45. Ie?! Mxitaryan darvozabonsiz qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi... Top-futbolchi uchun bu uyatli holat aslida. Hechqisi yo'q.

44. Taym yakuni arafasida temp pasaydi. Mourinoning avtobusi hozircha ish bermoqda.

40. SHomurodov ikkinchi golni urishi mumkin edi. To'pga yugurish chog'ida biroz no'noqlik qildi. Markazda Zaniologa to'pni uzatsa ham bo'lardi. Himoyachi to'pni tepib yuborishga urgurdi.

39. "Raja"da imkoniyat. Ngomaning zarbasini Veretu qaytarib yubordi.

36. ZARBAAAAAAA!! Zaniolo yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Eldor assist bo'lishi mumkin edi...

36. Mourinoni bir necha bora bolboy rolida ko'rdik)

32. ZARBAAAA!!! "Roma" qarshi hujumdan foydalanib ketishi mumkin edi. Zanioloning zarbasini Zniti qaytardi.

31. "Raja" hujumda. Qanotdan uzatilgan to'plarni himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarishmoqda. Kasablankaliklar "Roma"ni anchagina qiynab qo'ymoqda.

29. "Roma" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. "Raja" jarima maydonchasiga etib kelganda Mxitaryandan to'pni olib qo'yishdi.

27. O'yindagi tashabbus afrikaliklar tomonida. Ammo "Roma" o'tkirroq o'ynamoqda.

24. "Raja" xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p jonli devordan o'tmadi.

23. SHomurodov hujumda fol ishlatgani uchun to'p marokashliklarga olib berildi.

20. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Jarimadan uzatilgan to'pni Manchini darvozaga kiritdi!

20. "Roma" yana bir jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

17. GOOOOOOOOOLLLL!! Eldor SHomurodov hisobni ochdi!


14. "Raja" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ngomaning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

Uchrashuvni tomosha qilish uchun ushbu havolaga o'ting >>>> HAVOLA

12. Yo'q,  jarimadan tepilgan to'pni Rahimi qaytarib yubordi.

11. El SHaaravi raqib jarima maydonchasi yonida yiqitildi. Gol urish uchun ajoyib nuqta.

9. Ajoyib vaziyat! To'p bu safar Patrisiudan ham o'tgandi. Karsdorp deyarli golli vaziyatdan jamoasini qutqarib qoldi.

7. ZARBAAAA!!! Uchrashuvda hisob ochilishi mumkin edi! Benhalib "Roma" posboni bilan birga bir holatga chiqib keldi. Patrisiudan seyv!

6. Karsdorp qanotdan to'pni hujum markazidagi SHomurodovga oshirdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

4. Uxxxx!! Tezkor hujumga ketayotgan Rahimini yiqitgani uchun Mxitaryan ogohlantirildi.

3. SHomurodov markazda qoidani buzdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! Bahsni Eldor SHomurodov boshlab berdi!

- "Roma" stadionida muxlislar jo'r bo'lib qo'shiq kuylashmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Haybatli "Olimpiko" uchrashuv boshlanishiga shay holatda!

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика