Nazorat bahsi. “Neftchi” – “SHiroq” (Armaniston) 1:1
12 fev 2017 13:45
Yangiliklar
Nazorat bahsi. “Neftchi” – “SHiroq” (Armaniston) 1:1
Armanistonning “SHiroq” klubi bu safar Andrey Fyodorov jamoasiga raqiblik qildi. O'yinda kuchlar teng keldi. Bahsda hisobni farg'onaliklar ochishdi. 37-daqiqada Muzaffar Muzaffarov chamasi 30 metr masofadan juda chiroyli tarzda raqib darvozasini nishonga oldi. 1:0. Birinchi bo'lim “Neftchi”ning hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasi kelib armanistonliklarning tezkor hujumini birga-bir vaziyatda darvozabon Ruslan Matniyozov to'xtatdi va hakam bu holatni penalti sifatida baholadi. 11 metrlik jarima zarbasini Rumyan Ovsepyan aniq amalga oshirdi. Bellashuvda boshqa gol kiritilmadi. Farg'ona jamoasi bahsda quyidagi tarkibda o'ynadi.
Asosiy tarkib: Ruslan Matniyozov, Sergey Koncevoy, Dilyor Irmatov, Ibrohim No'monov, Hamza Karimov, Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Said Abdujabborov, Nikita Pavlenko, Dmitriy Komarovskiy, SHerzod Hakimov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Terentiy Lucevich, Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov, Abbos Maxstaliev, Umid Qodirov, Mo'ydin Mamazulumov, Abdurahmon Abdulhaqov, Sardor Qulmatov, Furqat Hasanboev
“Neftchi”ning navbatdagi raqibi Ukrainaning “Dnepr” Dzerjinsk jamoasi hisoblanadi. Bellashuv 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Neftchi” matbuot xizmati
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar