Nayjel de Yong: "Manchester Siti"ni favorit hisoblashmagani menga yoqdi"
23 avg 2018 16:26
Yangiliklar


Nayjel de Yong: "Manchester Siti"ni favorit hisoblashmagani menga yoqdi"
Qatarning "Al-Ahli" yarim himoyachisi Nayjel de Yong 2009 yilda "Manchester Siti"ga o'tgani haqida gapirib berdi.
"Siti"ga o'tganimda ular Premer-liga jadvalida 11 yoki 12-o'rinda edi. Menda kuchliroq jamoalardan ham taklif bo'lgan, ammo "Manchester Siti"dagilar menga hammasini tushuntirishdi. Men yirik xaridlarning birinchisi bo'lishimni va sabr qilishim kerakligini aytishgan. Ularga ishondim, bu bolaligimdan tomosha qiladigan ligada o'ynash imkoniyati edi. Menga bizni favoritlar safiga qo'shishmagani yoqqan. Odamlar faqat "Manchester Yunayted" haqida bilishardi, biroq biz buni o'zgartirishni xohladik" - deydi de Yong.
Nayjel de Yong 2009-2012 yillarda "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar