So’nggi yangiliklar

13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  14

Navro'z Alimov: "Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar Birinchi ligada yordam beradi" Yangiliklar

Navro'z Alimov: "Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar Birinchi ligada yordam beradi"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Aral akademiya" uchrashuvidan so'ng (7:1) mehmonlar bosh murabbiyi Navro'z Alimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Bugungi o'yin yaxshi bo'ldi. "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Tajriba o'z so'zini aytdi. Bizning tarkibimiz akademiyadan chiqqan yosh bolalar hisoblanadi. Mazkur bellashuv jamoa uchun katta tajriba bo'ldi. Kubok doirasida kuchli klublarga qarshi o'yin orqali Birinchi ligaga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Qaysi shogirdingiz esda qolarli o'yin namoyish etdi?

- Ulardan birini ajratib ko'rsata olmayman. Yigitlarning barchasi qo'lidan kelganini qildi. SHunday jamoaga gol urishning o'zi ham shogirdlarim uchun katta motivaciya bo'ldi.

- Jamoaning kubokdagi maqsadi qanday?

- Tan olish kerak, kubokdagi ishtirokimizdan maqsad tajriba orttirish hisoblanadi. Turnirda kuchli jamoalarga qarshi o'yin ligamizda yuqori o'rinlar uchun kurashishimizga yordam beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика