Navoiylik muxlislar Olmaliqqa boradi
12 avg 2016 22:03
Yangiliklar
Navoiylik muxlislar Olmaliqqa boradi
Navoiyliklarning oxirgi turlardagi g'alabasida muxlislarning ham katta hissasi bor, albatta.
Joriy yilgi mavsumda sovrinli o'rinlarga ko'z tikkan “Qizilqum” jamoasini Toshkent viloyatida ham Muxlislar klubi azolari qo'llab-quvvatlab turishadi.
- Ikkinchi davrada sezilarli darajada kuchaygan jamoamizning uchrashuvlarini kuzatish biz muxlislarga zavq beradi. Etirof etish kerakki, klubimiz muxlislari soni nafaqat Navoiyda, balki mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham ortib bormoqda. Muxlislar klubi ham aslida bir jamoa! Maydonda “Qizilqum”ning 12-o'yinchisi vazifasini o'tashga doimo tayyormiz! Bundan faxrlangan holda mavsum oxiriga qadar deyarli barcha uchrashuvlarda bevosita stadiondan turib “Qizilqum”ni qo'llab-quvvatlashga doimo shaymiz! Zero, barcha muxlis uchun jamoasining uchrashuvlarini stadiondan turib tomosha qilish baxt hisoblanadi, - deydi “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi etakchisi SHahriddin Ishnazarov.
Eslatib o'tamiz, navoiylik muxlislarning Olmaliq shahriga borish-kelishi uchun “Qizilqum” futbol klubi maxsus avtobus ajratgan. Avtobus 13 avgust kuni ertalab soat 6.30 da Navoiy shahridagi “So'g'diyona” stadioni oldidan jo'naydi.
Murojaat uchun telefon: +998913333773. SHahriddin Ishnazarov.
Demak, “Qizilqum” jamoasi muxlislarini Olmaliqdagi OTMK sport majmuasiga taklif etamiz. “Olmaliq” - “Qizilqum” uchrashuvi 13 avgust kuni soat 19.15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar