So’nggi yangiliklar

09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  8 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  1 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1

"Navbahor" yangi mavsumga qanchalik tayyor: asosiy tarkibdagi o'zgarishlar, tajribali o'yinchilarning jamoaga kelishi, Antaliyadagi yig'in Yangiliklar

"Navbahor" yangi mavsumga qanchalik tayyor: asosiy tarkibdagi o'zgarishlar, tajribali o'yinchilarning jamoaga kelishi, Antaliyadagi yig'in

Championat.Asia sayti Superliga klublariga bag'ishlangan materiallar ruknini davom ettiradi.

CHempion "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalaridan so'ng, o'tgan mavsum kubok va Superligada kumush medallarini qo'lga kiritgan "Navbahor"ga nazar solamiz va jamoaning mavsumga tayyorgarligi, jamoada ro'y bergan o'zgarishlar va amalga oshirilgan transferlar, o'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalarini ko'rib chiqamiz.


Transferlar,tarkib va jarohatlanganlar

Umumiy qilib aytganda, "Navbahor" asosiy tarkib o'yinchilarini yoqotdi va ularning poziciyasiga yangi o'yinchilarni imzoladi.

Yangi mavsum oldi "Navbahor"da katta o'zgarishlar ro'y berdi. Asosiy tarkib o'yinchilari, jamoada muhim rolga ega futbolchilar, jamoani tark etdi. 2022 yilgi mavsumdan so'ng, asosiy markaziy himoyachilar Rustam Ashurmatov va Boyan Ciger jamoani tark etishdi. Milliy terma jamoamiz azosi Rustam Qozonning "Rubin" klubiga yo'l oldi va o'z jamoasiga Premer-ligaga qaytishga yordam beradi. Rustamning "lochinlar" tarkibini tark etishi, jamoa uchun katta yo'qotish, o'tgan mavsumda Ashurmatov "Navbahor" libosida Superligada 25ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z nomiga 2ta gol yozdirib qo'ydi. "Navbahor" safida bir yarim yil to'p tepgan serbiyalik legioner Ciger ham mavsum yakunida Malayziyaning "Kedax" jamoasiga o'tdi. O'tgan mavsum Boyan 29 uchrashuvda maydonga tushgandi. 

Yangi mavsumni "Turon" jamoasida boshlaydigan Azim Ahmedov ham "Navbahor"ni tark etganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Jamoaning ko'p yillik sardori o'yin amaliyoti tufayli ketishga qaror qildi. "Bunyodkor"da porlagan Nurillo To'htasinovning ham "Navbahor"dagi ishlari yurishmadi va Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi. 

Qishki transferlar oynasida yana ikki tajribali futbolchi jamoani tark etdi: qanot himoyachisi Stanislav Andreev "So'g'diyona"ga yo'l olgan bo'lsa, Diyorjon Turopov "Neftchi"ga o'tdi. O'tgan mavsum jamoada ikkinchi darvozabon bo'lgan Rahimjon Davronov ham Yaypan tomonga yo'l oldi va keyingi mavsumni "Turon" safida o'tkazadi. Serbiyalik legioner Zoran Marushich bir mavsum "Navbahor"da o'ynab, Tbilisining "Dinamo" jamoasiga qaytdi. O'tgan mavsum yarmini Samarqandning "Dinamo"sida o'tkazgan Kasyan, yangi mavsumda "Buxoro" sharafini himoya qiladi. Qirg'izistonlik legioner Mirlan Murzaev Hindistonning ikkinchi liga jamoasi "Mohammedan" jamoasiga o'tgan bo'lsa, yarim mavsum namanganliklar tarkibida to'p tepgan Doniyor Abdumannopov, yangi mavsum oldidan "Bunyodkor" klubi bilan shartnoma imzoladi.


Jamoaga qo'shilgan yangi o'yinchilar ham talaygina

O'tgan mavsum "Qizilqum" safida chempionat to'purarlaridan biriga aylangan Temurho'ja Abduholiqov, "So'g'diyona" sobiq forvardi SHohruz Norhonov ham "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. 


O'tgan mavsum "Neftchi"da to'p teppgan tajribali Abror Ismoilov hamda Rossiya Premer-ligasida "Ural" sharafini himoya qilgan terma jamoamiz vakili Oston Urunov ham namanganliklar tarkibiga kelib qo'shildi. 

"So'g'diyona" tarkibida to'p tepgan ikki nafar futbolchi: Luka CHermel va SHahboz Jo'rabekov ham Namangan klubiga kelib qo'shildi. Undan tashqari jarohatdan forig' bo'lib qaytgan Farrux Ikromov (Bunyodkor) ham keyingi mavsum "Navbahor" jamoasida to'p tepadi. 

Undan tashqari Babayan jamoasi yana bir nechta yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi ular: Ibrohim Yo'ldoshev (Dinamo), Xurshid Xo'jaev (Andijon) va serbiyalik legioner Milosh Milovichlar (Vojdovac).


Murabbiylar shtabi va rahbariyat

"Navbahor" klubining murabbiylar shtabida kutilmaganda o'zgarish ro'y berdi. O'tgan mavsum jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Aleksandr Stoymirovich "Navbahor"dagi bir mavsumdan keyin, jamoani tark etdi. Stoymirovichning yangi jamoasi ham o'zimizning OKMK klubi bo'ldi. 

"Lochinlar"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiyi serbiyalik Aleks Boshkovich etib tayinlandi, murabbiylar shtabida boshqa o'zgarishlar yo'q. Yangi mavsumda "Navbahor"da ishlaydigan murabbiylar shtabi to'liq tarkibi: Samvel Babayan (bosh murabbiy), Grigoriy Kolosovskiy (assistent), SHerzod Jo'raev (assistent), Aleksandr Boshkovich (jismoniy tayyorgarlik) va Anton Mayeranov (darvozabonlar murabbiyi).



Rahbariyatda o'zgarishlar yo'q, jamoa texnik direktori Mustafo Bayramov. Jamoa homiysi Namangan viloyat hokimligi.


O'quv mashg'ulot jarayoni va mavsumga tayyorgarlik

"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini Turkiyaning Antaliyada shahrida olib bordi, jamoa Antaliyada 40 kunlik o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazdi va bir nechta nazorat va o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi:

"Radnik"(Serbiya) - 1:0 hisobidagi mag'lubiyat

"Nijniy Novgorod"(Rossiya) - 1:0 hisobidagi g'alaba

"Septemvri"(Bolgariya) - 4:2 hisobidagi g'alaba

"Ufa"(Rossiya) - 0:0 durang

"Rubin"(Rossiya) - 6:0 hisobidagi mag'lubiyat

"Enisey"(Rossiya) - 1:0 g'alaba

"Aktobe"(Qozog'iston) - 0:0 durang

"Baltika"(Rossiya) - 0:0 durang

Umumiy hisobda Namanganliklar yig'inlar doirasida 8ta uchrashuv o'tkazishdi va 3ta g'alaba, 3ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etishdi.


Mavsum oldi kutilayotgan natijalar va qo'shimcha malumot

Kuni-kecha "Navbahor" jamoasi yangi futbolchilarni ommaga tanishtirdi. Marosimda jamoaning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, rejalari haqida gapirib o'tildi va jamoa futbolchilariga yangi mavsumda o'ynaydigan raqamlari yozilgan futbolkalar topshirdi, unga qo'ra yangi mavsumda darvozabonlar: — O'tkir Yusupov - 1, Ozodbek Marupov - 41, Xurshid Xo'jaev - 46, maydonda to'p tepadigan futbolchilar — Milosh Milovich - 5, Ibrohim Yo'ldoshev - 6, Oston O'runov - 7, Jasur Yaxshiboev - 8, Farrux Ikromov - 9, Jamshid Iskanderov - 10, SHohruz Norxonov - 11, Jamshid Boltaboev - 14, Abrorbek Ismoilov - 17, Temurxo'ja Abduxoliqov - 21, Igor Golban - 22, Yovan Jokich - 23, Davronbek Hoshimov - 24, SHahboz Jo'rabekov - 27, Luka CHermel - 31, Mamadalixon Olimov - 33, SHerzodbek Abdulboriev - 34, Asadbek Sobirjonov - 77 va Davronbek Olimjonov - 98-raqam ostida jamoa sharafini himoya qiladigan bo'lishdi.


"Navbahor"ning o'tgan mavsumdagi smetasi, 75 milliardga teng edi, bu ko'rsatkich Superligamizdagi eng katta raqamlardan biri edi, yangi mavsumga ajratilgan mablag' ham o'tgan mavsum summasi bilan bir hil deya taxmin qilinmoqda.

"Navbahor" jamoasi yangi mavsumda o'z oldiga chempionlikni vazifasini belgilab olgan, o'tgan mavsum kumush medal egalari, bu yil ham oltin medallar uchun kurashish niyatida. 

"Navbahor"ni yangi mavsumda yana bir musobaqa kutib turibdi, "Navbahor" CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun Ummoning "Al Sib" klubiga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Qizig'i shundaki, "Al-Sib" jamoasi OFK kubogining amaldagi g'olibi hisoblanadi, agar "Al Sib" mag'lub etilsa, "Navbahor"ning keyingi raqibi Qatar chemponatida 4-o'rinni egallagan jamoa bo'ladi, shundan so'ng jamoa CHempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'l olishi mumkin.


Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика